
Janubiy Koreyada 8 avgust kuni sönggi 100 yilda eng kuçli yomğirlar yoğib ötdi. Mamlakat poytaxti Seul şahrida minglab uylar, köçalar, metro stansiyalari suvga kömildi, yuzlab insonlar özlari yaşab turgan uylarni tark etişga majbur bölişdi.

Suv toşqini oqibatida 13 kişi halok böldi, ularning orasida yarimertölada istiqomat qilayotgan butun bir oila ham bor. Vafot etganlar — 13 yoşli qiz, uning 40 yoşlar atrofidagi onasi va xolasi. Kvartiraga suv şiddat bilan oqib kirişi natijasida ular eşikni oça olişmagan. The New York Times’ning yozişiça, ayollar qöşnilarini yordamga çaqirişgan, ammo qöşnilar taşqi derazaga örnatilgan panjarani qöporib olişolmagan. The Guardian naşrining qayd etişiça, qutqaruvçilar ham ularga yordam bera olişmagan, ayollarning jonsiz jasadlari faqat yertöladagi suv töliq sörib olinganidan söng taşqariga çiqarilgan.

Butun bir oila nobud bölgan kvartiraga Janubiy Koreya prezidenti Yun Suk-Yol kelgan. «Men nega insonlar özini ertaroq qutqarişga harakat qilmaganidan taajjubdaman», degan u. Guvohlarning aytişiça, kvartira juda qisqa muddat içida — 10–15 daqiqa içida suvga tölgan.
The Washington Post naşrining xabar berişiça, bu yagona holat emas. Seulda istiqomat qiluvçi boşqa odamlar ham suv toşqini çoğida özining yarimertöla kvartirasida qamalib qolgan. Ulardan aksariyati qutulib çiqişga muvaffaq bölgan, lekin kamida yana bir kişi halok bölgani haqida ma’lumot bor.
The New York Times naşrining qayd etişiça, Seuldagi uylarning yarimertölasida istiqomat qiluvçilar har yili yomğirlar mavsumida uylari atrofiga qum solingan qoplardan damba yasaşadi. Lekin bu marta heç kim tayyorgarlik körişga ulgurmagan, çunki hukumat suv toşqini haqida soat 21:24 da ogohlantirgan. Jurnalistlarning qayd etişlariça, halok bölgan oila soat 20:40 dayoq yordamga çaqirgan.













