Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekologiya qo‘mitasi idora boshlig‘i bir vaqtning o‘zida beshta avtomobildan foydalanishi haqidagi ma’lumotni rad etdi
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Ekologiya qo‘mitasi rahbari bir vaqtning o‘zida beshta avtomobil, jumladan, “Toyota”, ikkita “Folksvagen”, “Mersedes” va nomi oshkor etilmagan elektromobildan foydalanayotgani haqida ma’lumot tarqaldi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi bu ma’lumotni inkor etib, qo‘mita raisi “Mersedes” xizmat mashinasidan, agar zarurat tug‘ilsa, elektromobildan foydalanishini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, qo‘mita raisiga 1 ta "Mersedes" avtotransport vositasi biriktirilgan. Zarur hollarda xizmat vazifasini o‘tash davomida olis va chekka hududlarga xizmat safari vaqtida yonilg‘i xarajatlarini tejash maqsadida texnik ko‘mak mablag‘lari hisobidan xarid qilingan navbatchi elektromobil ishlatilishi mumkin.
Ma’lum qilinishicha, joriy yil o‘tgan davrida qo‘mita barcha hududiy bo‘linmalari, jumladan, Qoraqalpog‘iston, Buxoro va Navoiy olis va chekka hududlarida joylashgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar moddiy-texnik bazasini yaxshilash maqsadida 40 dan ortiq avtotransport vositalari ("Niva", elektromobil, "Damas") xorijiy hamkorlar texnik ko‘mak mablag‘lari hisobidan xarid qilingan. Ta’kidlanishicha, bu avtotransport vositalari xaridi uchun budjet mablag‘lari umuman sarf qilinmagan.
“Fursatdan foydalanib, Davlat ekologiya qo‘mitasi shaxs qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obro‘sizlantirilishiga olib keladigan yolg‘on, asoslanmagan axborotni tarqatganlik uchun O‘zbekiston qonunchiligida tegishli javobgarlik normalari belgilanganini eslatib o‘tadi”, deyiladi ma’lumotda.
Mavzuga oid
10:25 / 06.07.2026
Har uchinchi yangi avtomobil - Cobalt: O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi avtomobillar ishlab chiqarilmoqda?
10:55 / 04.07.2026
Transport sohasida xavf tahlili raqamlashtiriladi
08:43 / 04.07.2026
Jahon avtosanoatida kuchlar muvozanati o‘zgarmoqda
10:15 / 01.07.2026