Latviya prezidenti urush tarafdorlarini viza va yashash ruxsatnomalaridan mahrum qilishga chaqirdi
Egils Levits rossiyaliklarga vizalar va yashash uchun ruxsatnomalarni asossiz ravishda ko‘p berish siyosatini qayta ko‘rib chiqish zarurligini aytdi, bu, uning so‘zlariga ko‘ra, Latviya xavfsizligi uchun xavf tug‘dirdi.
Latviya prezidenti Egils Levits RFning Ukrainaga qarshi urushini qo‘llab-quvvatlagan rossiyaliklarga berilgan vizalar va yashash uchun ruxsatnomalarni bekor qilish zarur deb hisoblaydi. «Avvalgi hukumatlarning Rossiya fuqarolariga yashash uchun ruxsatnomalar berishdagi asossiz saxiyligi xavfsizlik uchun xatarlarni yuzaga keltirdi va ikki tillilikka hissa qo‘shdi. Bu muvaffaqiyatsiz va xavfli siyosat oqibatlarini ko‘rib chiqish vaqti keldi», - dedi u 13 avgust, shanba kuni Ikshkile shahrida siyosiy qatag‘on qurbonlari bilan o‘tgan uchrashuvda.
Latviya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, kelajakda Rossiya fuqaroligini olish niyatida bo‘lgan mamlakat aholisiga yashash uchun ruxsatnoma berilmasligi kerak. «Ular mamlakatimizni tark etishga majbur bo‘ladi», — deya uning so‘zlarini keltirgan Delfi.lv.
Levits YeI darajasida rossiyaliklarga shengen vizasi berilishini cheklash zarurligini ta’kidladi. Latviya 24 fevralda, Rossiyaning Ukrainaga bosqinining birinchi kunida ruslarga turistik vizalar berishni to‘xtatdi, biroq rossiyalik sayyohlar hali ham boshqa shengen davlatlaridan vizalar bilan kelishda davom etmoqda, dedi u. «Shuning uchun, menimcha, Latviya Finlandiya, Estoniya, Chexiya va boshqa hamfikr davlatlar bilan birgalikda Rossiya fuqarolariga turistik vizalar berishni to‘xtatish bo‘yicha kelajakda Yevropa darajasida talab qo‘yishi kerak. Bu Rossiyaga nisbatan qo‘shimcha sanksiyalar bo‘ladi», — deya qo‘shimcha qildi Latviya prezidenti.
Ukrainada davom etayotgan urushga javoban yana bir chora sifatida rossiyaliklarga shengen vizasi berilishini cheklash masalasi avgust oyi oxirida YeI kengashi muhokamasiga ko‘tarilgan. YeIga raislik qilayotgan Chexiya hukumati Boltiqbo‘yi mamlakatlari kabi, bu masala bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilishga intilishini ma’lum qildi. Germaniya federal kansleri Olaf Shols esa Rossiya fuqarolariga viza berishni butunlay taqiqlashga qarshi chiqdi.
Mavzuga oid
18:48 / 05.11.2024
Green Card uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish 2 kunga uzaytirildi
00:33 / 09.10.2024
Latviya mudofaa xarajatlarini qoplash maqsadida banklar uchun soliq joriy etadi
22:05 / 05.10.2024
Shvetsiya o‘z harbiylarini Latviyaga yuboradi
22:25 / 04.10.2024