Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda YeI – Markaziy Osiyo formatida TIV rahbarlari uchrashadi
Toshkent va Bryussel noyabr oyida Samarqandda Yevropa ittifoqi –Markaziy Osiyo formatidagi bo‘lajak qo‘shma tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Tashqi ishlar vazirligida Yevropa ittifoqining O‘zbekistondagi muvaqqat ishlar vakili, YeI delegatsiyasi rahbari o‘rinbosari Mindaugas Kacherauskas bilan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama kun tartibi dolzarb masalalari, shuningdek, Yevropa ittifoqi – Markaziy Osiyo hamkorligi formati samaradorligini oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar 2022 yil noyabr oyida Samarqand shahrida «Yevropa ittifoqi – Markaziy Osiyo» formatidagi tashqi ishlar vazirlari navbatdagi uchrashuvi va o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash birinchi vazirlar konferensiyasini tashkil etishga oid masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
Tadbirlarni tayyorlash, ularning kun tartibini aniq takliflar va amaliy mazmun bilan boyitish bo‘yicha Yevropa tomoni bilan muntazam ishchi uchrashuvlar o‘tkazish amaliyotini davom ettirish yuzasidan kelishib olindi.
Mavzuga oid
18:20 / 06.07.2026
Samarqand Markaziy Osiyoning «yashil shahar» namunasiga aylantiriladi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
15:39 / 03.07.2026
Samarqandda temiryo‘l o‘tkazilgan damba o‘pirildi
09:00 / 22.06.2026