Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Tayvanning yetti nafar siyosatchisiga sanksiyalar joriy qildi
XXR rasmiylarining noroziligiga besh nafar amerikalik kongressmenning Tayvanga tashrifi sabab bo‘ldi. Pekin AQShni Tayvan bo‘g‘ozidagi barqarorlikka ataylab putur yetkazayotganlikda aybladi.

Foto: Picture Alliance
XXR va Tayvan o‘rtasidagi keskin munosabatlar fonida Xitoy yetti nafar tayvanlik siyosatchi va ma’muriyat a’zolariga nisbatan sanksiyalar joriy qildi. «Sinxua» agentligining 16 avgust, seshanba kuni xabar berishicha, Tayvanning AQShdagi vakili Syao Meytsin va «Milliy xavfsizlik kengashi» kotibi Gu Lisyun hamda boshqalarga nisbatan sanksiyalar qo‘llanilgan.
Qora ro‘yxatdagi ushbu va boshqa shaxslarga, shuningdek, ularning oila a’zolariga Xitoyning qit’a qismiga hamda XXRning Hongkong va Makao maxsus ma’muriy tumanlariga kirishi taqiqlandi, ular bilan biznes aloqalariga yo‘l qo‘yilmaydi. Pekin sanksiyalarga uchragan shaxslarni tashqi kuchlar bilan hamkorlik qilayotgan «ayirmachilar» deb atadi va AQShni Tayvan bo‘g‘ozidagi barqarorlikka ataylab putur yetkazayotganlikda aybladi.
XXR hukumati bir kun avval Tayvan ma’muriyati rahbari Tsay Inven demokrat senator Ed Marki boshchiligidagi besh nafar amerikalik kongressmenni qabul qilganidan keyin sanksiyalar kiritdi. Kongressmenlar tashrifi AQSh Kongressi Vakillar palatasi raisi Nensi Pelosining Tayvanga tashrifidan ikki hafta o‘tib amalga oshirildi. Pelosining tashrifidan so‘ng Xitoy armiyasi Tayvan yaqinida bir qator harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi. 15 avgust kuni yangi mashqlarga tayyorgarlik e’lon qilindi.
Xitoy Tayvanni isyonkor provinsiya deb hisoblaydi, boshqa davlatlarning bu orol bilan rasmiy aloqalariga qat’iy qarshi chiqadi va Tayvanni XXRga majburan qo‘shib olish bilan tahdid qiladi. AQSh ham rasman «yagona Xitoy» siyosatini olib bormoqda. Shu bilan birga, Tayvan o‘zini mustaqil davlat deb biladi.
Mavzuga oid

21:54 / 15.07.2025
Tayvan armiyasi shahar ichida jang olib borish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini boshladi

07:47 / 15.07.2025
Avstraliya Tayvan uchun urush boshlangan taqdirda o‘ziga hech qanday majburiyatni olmaydi

15:50 / 13.07.2025
FT: Pentagon Tayvan masalasida Avstraliya va Yaponiyaga bosim o‘tkazmoqda

17:44 / 09.07.2025