O‘zbekiston | 18:00 / 17.08.2022
10052
2 daqiqa o‘qiladi

Ucell Toshkent va Samarqandda 5G tarmog‘ini ishga tushirdi

Foto: Ucell

Ucell O‘zbekistonda beshinchi avlod uyali aloqa tizimlarini joriy etish bo‘yicha birinchi bo‘lib tashabbus ko‘rsatgan kompaniyalar qatoriga kiradi. Bugungi kunda Usell’ning beshinchi avlod mobil tarmog‘i Toshkent va Samarqandda faoliyat ko‘rsatmoqda.

Jumladan, Toshkentning markaziy qismi: Tashkent City, “Malika” savdo majmuasi va Oloy bozori hududiga Nokia va Huawei uskunalari yordamida 5G stansiyalari o‘rnatilgan.

ShHT sammiti arafasida esa Samarqandda ham bu borada ulkan ishlar amalga oshirildi.

Ucell Samarqandning markaziy qismida ZTE uskunasi ko‘magida 5G NSA tizimini ishga tushirdi. Sinov jarayonida saytning yuklash imkoniyati 1,506 Gbit/s tezlikka yetdi.

Samarqand xalqaro aeroportida Ucell ZTe uskunasiga asoslangan 5G’ni ishga tushirdi. Bu yopiq nuqtalarni ichki va tashqi qamrab olishni ta’minlaydi hamda tarmoq o‘tkazuvchanligi va sifatini yaxshilaydi. Uskunalarni o‘rnatish belgilangan muddatda to‘liq yakunlandi, sinovdan o‘tkazildi.

Endi butun aeroport terminali 5G aloqasi bilan qoplangan.

Hozirda butun aeroport terminali kafolatlangan 5G aloqasi bilan qamrab olingan.

“Silk Road Samarkand” sayyohlik markazida Ucell taqsimlangan antenna tizimi orqali ZTE uskunasi yordamida 5G tarmog‘ini ishga tushirdi. Ushbu texnologiya sayyohlik markazining barcha mehmonxonalari va kongress-hollarida 5G aloqasini ta’minlash imkonini beradi.

Beshinchi avlod mobil tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydigan smartfonlarni butun mamlakat bo‘ylab Ucell ofislarida xarid qilishingiz mumkin, o‘sha yerning o‘zida sizni 5G funksiyasiga ulab berishadi.

Kelajak allaqachon shu yerda!

https://ucell.uz/uz/myucell/press_srv/Ucell_5G_in_Tashkent_and_Samarkand_is_real_now

Reklama

Mavzuga oid