AQSh va Tayvan rasmiy savdo muzokaralarini boshlaydi
XXR noroziligiga qaramay, AQSh Pekin isyonkor mintaqa deb hisoblagan Tayvan bilan aloqalarni kengaytirmoqda. Vashington va Tayvan joriy yilning kuzida rasmiy savdo muzokaralarini boshlaydi.
Amerika rasmiy shaxslarining Tayvanga tashriflari tufayli keskinlashgan Xitoy va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar yanada yomonlashishi mumkin: 18 avgust, payshanba kuni Vashington va Taypey ma’muriyatlari rasmiy savdo muzokaralari ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha yangi tashabbus doirasida «kuz fasli avvalida» boshlanishini e’lon qildi. Tomonlar savdo va sarmoya sohasidagi munosabatlarni chuqurlashtiradi, deb xabar berdi AQShning savdo masalalari bo‘yicha maxsus vakili Ketrin Tay kanselyariyasi.
Pekin Tayvanni yagona Xitoyning bir qismi deb biladi va boshqa mamlakatlarning Taypey bilan har qanday rasmiy aloqalariga keskin qarshi chiqadi. AQSh va Tayvan o‘rtasida savdo muzokaralarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqidagi xabarlar fonida, XXR TIV Xitoy suverenitetiga ta’sir ko‘rsatadigan har qanday rasmiy kelishuvlarga keskin qarshi chiqdi.
Xitoy va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar AQSh Kongressi vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga yaqinda qilgan tashrifi tufayli keskin yomonlashdi. U AQShning orolga chorak asr davomida kelgan eng yuqori martabali amaldoriga aylandi. Pelosi AQSh siyosiy iyerarxiyasida prezident va vitse-prezidentdan keyin uchinchi o‘rinni egallaydi. Ko‘p o‘tmay, AQSh kongressmenlari delegatsiyasi Tayvanga tashrif buyurdi.
Pekin sodir bo‘layotgan voqealarni provokatsiya deb atadi va kuchlarini ko‘rsatib qo‘yish sifatida so‘nggi o‘n yilliklardagi eng yirik harbiy mashg‘ulotlarni o‘tkazdi, bunda havo va dengiz blokadasi amalga oshirildi hamda Tayvanni qurolli egallash mashqlari kuzatildi. Xitoy Tayvanni to‘liq nazorat ostiga qaytarishni istaydi va kerak bo‘lsa, uni kuch bilan qaytarib olish haqida tahdid qilmoqda. Shu bilan birga, AQSh Tayvanni himoya qilishga va’da berdi.
Mavzuga oid
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024
Tramp millionlab migrantlarni deportatsiya qilishni rejalashtirmoqda - OAV
09:15 / 12.11.2024
AQSh Suriyada eronparast guruhlar obektlariga zarba berdi
16:42 / 11.11.2024