Jamiyat | 19:44 / 19.08.2022
10801
2 daqiqa o‘qiladi

Saida Mirziyoyeva ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi

Ayollarning iqtisodiy mustaqil bo‘lishi oilaviy zo‘ravonlikka qarshi kurashishga yordam beradi, shaxsiy rivojlanish hamda o‘zi va farzandlarining kelajagiga ishonch bilan qarash imkonini beradi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva ShHT ayollar forumida ta’kidlab o‘tdi.

Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram

Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi xotin-qizlar forumi bo‘lib o‘tdi. Forum doirasida ilk marta tadbirkor ayollar konferensiyasi o‘tkazildi. Respublika gender komissiyasi a’zosi Saida Mirziyoyeva konferensiyadagi nutqida ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati haqida to‘xtaldi.

“ShHT doirasida ayollar hamjamiyati shakllanib ulgurgan va unda nafaqat rejalar, yangi imkoniyatlar muhokama qilinadi, balki kelishuvlar doirasida erishilgan natijalar haqida ham ma’lumot almashiladi.

Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram

Mintaqamiz ayollari uchun iqtisodiy mustaqillik farovon hayot eshiklarini ochibgina qolmay, oilaviy va maishiy zo‘ravonlikka qarshi kurashishga yordam beradi, kasbiy o‘sish va mustaqil rivojlanish, o‘zi va farzandlarining kelajagiga ishonch bilan qarash imkoniyatini beradi.

Bugun men ayollar tadbirkorligi tilida, ayollar uchun imkoniyatlar tilida gaplashmoqchiman hamda ayollarning muammolariga yechim topilayotganini ko‘rishni istardim. Va bunda biz shaxsiy erkinlik va moliyaviy mustaqillik yo‘lini tanlagan minglab ayollar bilan hamfikrmiz”, – deya yozdi Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida.

Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram
Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid