Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish instituti tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Davlat ekologiya qo‘mitasining Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etilmoqda.
Ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati asosiy yo‘nalishlari:
- atrof-muhit joriy holatini o‘rganish, ifloslantiruvchi moddalar bioxilma-xillikka, noyob, yo‘q bo‘lib ketish arafasida turgan o‘simlik hamda hayvon turlariga ta’sirini o‘rganish;
- yer resurslarini muhofaza qilish, yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish;
- yerosti va yerusti suvlari ifloslanishi oldini olish, oqova suvlarni tozalash va qayta ishlash bo‘yicha samarali usul hamda texnologiyalarni ishlab chiqish;
- atmosfera havosi joriy holati, ifloslantiruvchi moddalar atrof-muhit va tabiatga ta’sirini tahlil qilish, atmosfera havosi ifloslanishini kamaytirishni ta’minlovchi yangi, samarali uslub va texnologiyalarni ishlab chiqish;
- maishiy va turli chiqindilarni qayta ishlash va utilizatsiya qilishni ta’minlovchi samarali uslub hamda texnologiyalarni ishlab chiqish;
- “yashil” va resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etish va boshqalar.
Institutda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtiruvchi kengash tuziladi. Institut direktori va uning o‘rinbosarlari Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. Institut direktori ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Mavzuga oid
21:27 / 28.03.2026
Toshkentda 108 tup daraxt noqonuniy ko‘chirib o‘tqazilganligi aniqlandi
13:22 / 10.03.2026
Milliy biofarmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi
18:49 / 24.01.2026
Mahallani rivojlantirish milliy instituti tashkil etiladi
07:43 / 14.01.2026