O‘zbekiston | 15:21 / 22.08.2022
5035
1 daqiqa o‘qiladi
Kichikdan o‘rta biznesga o‘tgan korxonalar foyda solig‘ining faqat 50 foizini to‘laydi
Aylanmasi 1 milliard so‘mdan oshib, umumiy soliq to‘lash tartibiga o‘tgan korxonalar bir yil davomida foyda solig‘ini 2 barobar kam to‘laydi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.
"Ushbu imkoniyatlar 370 ming tadbirkorga yengilliklar yaratadi va ularga juda katta stimul beradi", dedi davlat rahbari.
Prezident tez o‘sib borayotgan yuqori salohiyatli o‘rta korxonalar sonini hozirgi 3,5 mingtadan 10 mingtaga yetkazish zarurligini ta’kidladi. 2023 yil 1 yanvardan:
- kichikdan o‘rta biznesga o‘tgan korxonalar ikki yil davomida foyda solig‘i faqat 50 foizini to‘laydi;
- mulkni sug‘urta qilish xarajatlari 50 foizi davlat hisobidan qoplab beriladi;
- soddalashtirilgan soliq, moliyaviy va statistika hisobotlari joriy etiladi;
- davlat xaridlarida 20 foiz kvota o‘rnatilib, ushbu xaridlar doirasida ularga oldindan 50 foiz mablag‘ to‘lab beriladi (amalda 15 foiz).
Mavzuga oid
13:15 / 16.09.2022
O‘zbekistonda ShHT mintaqalari biznes sherikligi haftaligi o‘tkaziladi
10:28 / 12.09.2022
Bir nechta shahar va tumanlar soliq inspeksiyalariga rahbarlar tayinlandi
15:19 / 09.09.2022
Foydalanilmayotgan obektga nisbatan oshirilgan soliq natijasida hosil bo‘lgan qarz hisobdan chiqarildi
08:07 / 09.09.2022