O‘zbekistonda ShHT mintaqalari biznes sherikligi haftaligi o‘tkaziladi
Shanhay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlat rahbarlari kengashi tor doiradagi uchrashuvidan so‘ng kengaytirilgan tartibdagi majlis boshlandi. Unda prezident Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlamoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati
ShHTni 2040 yilgacha rivojlantirish strategiyasini tayyorlashga kirishish mumkinligi, ushbu hujjat ko‘p qirrali hamkorlik barcha yo‘nalishlarini qamrab olishi, ShHTni uzoq muddatli rivojlantirish ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishi lozimligi ta’kidlandi.
Prezident iqtisodiyot, savdo va investitsiya sohasidagi hamkorlik amaliy ta’sirchanligini oshirish g‘oyat muhim ekanini qayd etdi.
O‘zbekiston ShHT mamlakatlari iqtisodiyotlari bir-birini o‘zaro to‘ldirib borishdagi afzalliklarini hisobga olgan holda, mavjud salohiyatni maksimal darajada oshirishdan manfaatdor. Shu munosabat bilan ShHT yangi iqtisodiy muloqotini boshlash asosida sanoat va texnologik hamkorlik umumiy makonini shakllantirish taklif etildi.
Mamlakatlar o‘rtasida keng ko‘lamli iqtisodiy hamkorlikni ta’minlash va amaliy hamjihatlik aniq natijalariga erishish maqsadida O‘zbekistonda ShHT mintaqalari biznes sherikligi haftaligini o‘tkazish taklifi ilgari surildi.
O‘zbekiston sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish va o‘zaro savdoni rag‘batlantirish maqsadida ShHT mamlakatlari maxsus iqtisodiy zonalari alyansini tuzish tarafdori. Har yili ShHT yirik savdo yarmarkasini o‘tkazish, uning asosida yagona elektron platforma yaratish taklif etildi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Usta dehqonlarga 100 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi
O‘zbekiston | 09:50
-
Navoiyda vintilyatsiya tarmog‘i orqali oltin o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
O‘zbekiston | 09:47
-
Rossiya va Ukraina Istanbulda asirlarni almashish borasida kelishib oldi
Jahon | 09:43
-
Namangandagi qabristonda yong‘in sodir bo‘ldi
O‘zbekiston | 09:10
Mavzuga oid

22:47 / 08.03.2025
ShHT sammiti Xitoyning Tyanszin shahrida kuzda bo‘lib o‘tadi

19:50 / 05.03.2025
Prezident ShHT bosh kotibi bilan Xitoydagi sammitga tayyorgarlik ko‘rish masalasini muhokama qildi

10:57 / 05.01.2025
O‘zbekiston vakili ShHT bosh kotibi o‘rinbosari etib tayinlandi

21:21 / 17.10.2024