Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va BAA toza ichimlik suvi sohasida innovatsion loyihalarni amalga oshirmoqchi
Foto: Dunyo
Mamlakatning Birlashgan arab amirliklaridagi (BAA) elchisi Abdulaziz Oqqulov Merlin Farms kompaniyasi Sharja amirligida joylashgan “akvaponika” usulida tashkil etilgan fermer xo‘jaligida bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Tashrif davomida kompaniya qishloq xo‘jaligidagi innovatsion yechimlari bilan yaqindan tanishildi.
Yaqin Sharq, Janubi-Sharqiy Osiyo va Shimoliy Afrika mintaqalari cho‘l hududlarida oziq-ovqat, suv hamda uy-joy bilan bog‘liq innovatsion yechimlar ishlab chiquvchi Merlin Farms dengiz suvlarini quyosh energiyasi bilan tuzsizlantirish tizimidan foydalangan holda iste’mol uchun yaroqli bo‘lgan suv ishlab chiqarish texnologiyasiga asos solgan.
Texnologiya yordamida sho‘r suvdan toza ichimlik suvi va quruq tuz ishlab chiqariladi. 15 ta quyosh batareyalari modulidan iborat bo‘lgan, har biri kengligi 1 metr va uzunligi 2,5 metr, yerdan 2 metr balandlikda joylashgan qurilmadan kuniga 0,45 metr kub suv olish imkoni mavjud. Sho‘r yerosti suvi hamda dengiz suvlaridan deyarli 150,000 mg/l gacha bo‘lgan iste’molga yaroqli suvni o‘zida jamlaydi.
Mazkur yo‘nalishdagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida sentabrda Innovatsion rivojlanish vazirligi delegatsiyasi BAAga tashrifi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
07:39 / 01.04.2026
Xarita: suv tanqisligi eng yuqori bo‘lgan davlatlar
07:19 / 24.03.2026
Eng yirik chuchuk suv zaxiralariga ega mamlakatlar reytingi
19:54 / 21.03.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozi xavfsizligi tashabbusini 20 dan ortiq davlat qo‘llab-quvvatladi
23:11 / 18.03.2026