Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zgidromet» haftalik ob-havo to‘g‘risida ma’lumot berdi
O‘tgan dam olish kunlari mamlakat hududiga Ural (Rossiya) hududidan salqin havo massasi kirib keldi. Havo harorati kechalari 10-15 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 25-30 daraja issiqqacha pasaydi.
Foto: Kun.uz
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, bugun va hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha avgust oyi oxirgi o‘n kunligi uchun me’yoriy qiymatlarga yaqin bo‘lgan qulay harorat bilan asosan ochiq ob-havo saqlanib turadi.
Kechalari harorat 12-17 daraja iliqdan yuqori bo‘lmaydi, hafta birinchi yarmida kunduz kunlari harorat 27-30 daraja issiq atrofida bo‘ladi, ish haftasi oxiriga kelib harorat 31-34 daraja issiqqacha biroz ko‘tariladi.
Bugun va ertaga respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatiladi.
Mavzuga oid
11:56
Hafta oxirida havo biroz ilishi kutilmoqda
10:49
Farg‘ona vodiysidagi kuchli qor sabab bir nechta reyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi
09:18
Toshkentda qor tozalash ishlariga 230 ta maxsus texnika va 1 mingdan ortiq xodim jalb etildi
10:20 / 22.01.2026