Saudiya Arabistoni futbolida navbatdagi muammo yuzaga keldi. Karim Benzema «Al-Ittihod»ni mojaro bilan tark etişi ortidan «An-Nasr» hujumçisi Kriştianu Ronaldu ham boykot e’lon qildi.
Ronaldu jamoasining navbatdagi öyinida iştirok etmoqçi emasligi haqida bir kun oldin ma’lum bölgandi. A Bola xabariga köra, 40 yoşli forvard Saudiya Arabistoni Suveren fondi (PIF) strategiyasidan norozi – uşbu fond mamlakatdagi qator yirik klublarni, jumladan, «An-Nasr», «Al-Ittihod» va «Al-Hilol»ni ham boşqaradi. Kriştianuning fikriça, fond köproq raqobatçilarni, jumladan, «Al-Hilol»ni qöllamoqda.
Bundan taşqari, jurnalist Yağiz Sabunjiöğlining ma’lumotiga köra, Karim Benzema «Al-Ittihod»dan «Al-Hilol»ga ötişi ham Ronalduni norozi qilgan – portugaliyalik futbolçi buni «halol raqobatga zarba» deb baholamoqda.
«An-Nasr»ning 2 fevral oqşomida «Ar-Riyoz»ga qarşi öyini qaydnomasi e’lon qilingaç, oldinroq tarqalgan xabarlar tasdiqlandi: Kriştianu qaydnomaga ham kiritilmagandi. Şu bilan birga, insayder Fabritsio Romano unda heç qanday jarohat yoki ta’til olişga zarurat bölmaganini aytib çiqdi.
Ronalduning xavotirlarini tuşuniş mumkin: «Al-Hilol» – uning jamoasining çempionlik yölidagi asosiy raqobatçisi hisoblanadi, bu jamoa 19 turda 47 oçko töplagan. «Al-Nasr» bir oçkolik farq bilan ta’qib etmoqda, bu vaziyatda ötgan mavsum töpurarlaridan biri bölgan Benzema (21 gol) uşbu jamoa safiga ötişi esa raqibning imkoniyatlarini oşiradi.

Foto: Global Look Press
Ronaldu 2023 yilda Saudiya futbolini tanitiş maqsadida olib kelingan, şu bilan birga, unga katta va’dalar berilgan, xususan, jamoasiga boşqa yulduz futbolçilar bilan ham kuçaytirilişi aytilgandi.
Ammo ötgan davr içida «An-Nasr»dan köra «Al-Ittihod» va «Al-Hilol»ga köproq e’tibor qaratilib, asosiy yulduzlar şu jamoalarga olib kelindi va aynan şu jamoalar asosiy kuboklarni qölga kiritdi, Ronaldu esa haligaça birorta jiddiy sovrin yuta olgani yöq.
Ronalduning boykoti «An-Nasr»dagi ilk norozilik harakati emas. Yanvar oyi örtalarida jamoa boş murabbiyi Jorjye Jyezuş uning hozirgi klubi «„Al-Hilol“ kabi siyosiy hokimiyatga ega emasligi» haqida gapirgandi. E’tiborli jihati, u oldinroq aynan «Al-Hilol»ni boşqargandi. Uning bu sözlari katta şov-şuv keltirib çiqardi, «Al-Hilol» esa uni olti oydan bir yilgaça muddatga diskvalifikatsiya qilişni talab qildi.













