Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Levandovski «Bavariya»ga qarshi, «Barselona» «o‘lim guruhi»da. YeChL guruh bosqichiga qur’a tashlandi
Bugun, 25 avgust kuni Shveytsariyaning Non shahridagi UYeFA qarorgohida Yevropa Chempionlar ligasi 2022/23 yilgi mavsum guruh bosqichiga qur’a tashlandi.
Hamid Oltinto‘p, Yaya Ture singari taniqli sobiq futbolchilar ishtirok etgan qur’a jarayoni bir qator qiziqarli bahslarni taqdim etdi. Yozgi transfer oynasida «Bavariya»dan «Barselona»ga ko‘chib o‘tgan Robert Levandovski sobiq klubiga qarshi to‘p suradi. Qayd etish joiz, «S» guruhi «o‘lim guruhi»ga aylandi.
YeChL 2022/23 yilgi mavsum guruhlari bilan tanishing:
- A guruhi: «Ayaks», «Liverpul», «Napoli», «Reyndjers».
- B guruhi: «Portu», «Atletiko», «Bayyer», «Bryugge».
- C guruhi: «Bavariya», «Barselona», «Inter», «Viktoriya» Plzen.
- D guruhi: «Ayntraxt», «Tottenhem», «Sporting», «Marsel».
- E guruhi: «Milan», «Chelsi», «Zalsburg», «Dinamo» Zagreb.
- F guruhi: «Real», «RB Leypsig», «Shaxtyor», «Seltik».
- G guruhi: «Manchester Siti», «Sevilya», «Borussiya», «Kopenhagen».
- H guruhi: «PSJ», «Yuventus», «Benfika», «Makkabi» Xayfa.

Ma’lumot uchun, YeChL yangi mavsumi finali 2023 yil Istanbulda bo‘lib o‘tadi. Guruh bosqich o‘yinlari 6-7 sentabr kunlaridan start oladi.
Mavzuga oid
21:00 / 04.07.2026
Mundial yulduzlari. Runiga qiyoslanayotgan marokashlik to‘purar
00:04 / 31.05.2026
«PSJ» ketma-ket ikki marta YeChL g‘olibi bo‘ldi
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
02:34 / 11.05.2026