O‘zbekiston | 08:56 / 26.08.2022
12895
2 daqiqa o‘qiladi

Mashinani ro‘yxatdan o‘tkazishda xodimni to‘lov asosida uyga chaqirish imkoni yaratiladi 

Foto: Getty Images

Vazirlar Mahkamasining “Aholiga migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish, avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish sohasidagi davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Belgilanishicha:

a) 2022 yil 1 dekabrdan boshlab, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish, avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish sohasidagi davlat xizmatlari qo‘shimcha to‘lov asosida planshet yoki kompyuterga o‘rnatilgan texnik qurilmalar yordamida xizmat ko‘rsatuvchi xodimni uyiga chaqirish yo‘li orqali ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi;

b) migratsiya va transportni ro‘yxatga olish sohasidagi davlat xizmatlarini qo‘shimcha to‘lov asosida ko‘rsatishda yagona Call center hamda dasturiy ta’minot (mobil ilova)dan foydalaniladi;

v) tayyor identifikatsiyalovchi ID-karta va xorijga chiqish biometrik pasporti, avtotransport vositasi ro‘yxatdan o‘tgani to‘g‘risidagi guvohnoma va davlat raqam belgilari fuqarolar xohishiga ko‘ra pochta orqali yoki qo‘shimcha to‘lov asosida doimiy yashash yoki turgan joyiga yetkazib berish xizmati joriy etiladi;

g) aholi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi davlat xizmatlari doimiy yashash yoki turgan joyiga chiqish orqali ko‘rsatilgan xizmat uchun qo‘shimcha to‘lov undirilmagan holda ko‘rsatiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid