Tojikistonda mamlakatga kirib kelayotganlar uchun koronavirus cheklovlari yana joriy etildi
Bundan buyon Tojikistonga borayotganlar davlat chegarasini kesib o‘tishda PZR testi natijalari yoki COVID-19’ga qarshi emlanganlik sertifikatini taqdim etishlari shart, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Ushbu chora-tadbirlar respublika shtabi tomonidan boshqa mamlakatlarda koronavirus bilan kasallanish holatlari ortib borayotgani munosabati bilan COVID-19 tarqalishi oldini olish bo‘yicha epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni kuchaytirish maqsadida joriy etilgani aytiladi.
Ma’lum qilinishicha, iyul oyi boshida respublika chegarasiga kelgan barcha fuqarolarda tana harorati o‘lchangan. Tana harorati belgilangan me’yordan yuqori bo‘lgan fuqarolardan PZR testini o‘tkazish so‘ralgan.
Tojikiston Sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil fevralidan buyon mamlakatda birorta COVID-19 bilan kasallanish holati qayd etilmagan. Respublika aholisining qariyb 90 foizi infeksiyaga qarshi emlangan.
Mavzuga oid
19:32 / 31.10.2024
Tojikiston prezidenti ijtimoiy tarmoqlardagi «layk» uchun odamlarni ta’qib qilmaslikni talab etdi
14:16 / 31.10.2024
Tojikistonda Counter Strike va GTA videoo‘yinlarini taqiqlash taklif qilindi
15:00 / 19.10.2024
Tojikistonda KXShT mashg‘ulotlarining faol bosqichi bo‘lib o‘tmoqda
22:55 / 12.10.2024