Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aliyev Lochin shahrining Boku nazoratiga o‘tganini e’lon qildi
Lochin shahri hamda Zabux va Sus qishloqlari Tog‘li Qorabog‘ni Armaniston bilan bog‘lovchi Lochin yo‘lagida joylashgan. Ozarboyjon prezidenti ular Boku nazoratiga o‘tganini bildirdi.
Foto: AA
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevning ma’lum qilishicha, Ozarboyjon qo‘shinlari Tog‘li Qorabog‘ chekkasidagi strategik ahamiyatga ega bo‘lgan Lochin shahri (arman tilida – Berdzor) va unga yaqin joylashgan ikki qishloq – Zabux (Axavno) va Susga kirib kelgan. Bu haqda u 26 avgust, juma kuni Twitter’da yozgan.
Lochin Armaniston va Tog‘li Qorabog‘ o‘rtasidagi asosiy bo‘g‘in bo‘lib xizmat qilgan yo‘lda joylashgan bo‘lib, u 2020 yilda urush tugaganidan keyin Rossiya tinchlikparvar kuchlari nazoratiga o‘tdi va «Lochin yo‘lagi» deb nom oldi. Rossiya mintaqaga 2000 ga yaqin askarini yuborgan.
Moskva vositachiligida Yerevan va Boku imzolagan kelishuvga ko‘ra, o‘shanda Lochin tumani Ozarboyjon nazoratiga o‘tgan.
Imzolangan sulhga ko‘ra, uch yil ichida Armaniston Lochinni undagi yo‘l bilan birga Ozarboyjonga qaytarishi kerak. Qorabog‘lik armanlar esa Armanistonga boshqa yo‘l orqali borishi belgilanadi. Bu yo‘l hali qurilgani yo‘q. Boku armanlarni bu kelishuvni bajarmaslikda ayblaydi. Chunki yo‘lning Ozarboyjon qurishi kerak bo‘lgan qismi allaqachon qurib bitkazilgan.
Mavzuga oid
22:04 / 05.02.2026
Boku sudi Tog‘li Qorabog‘ning besh nafar rahbarini umrbod qamoq jazosiga hukm qildi
09:29 / 23.01.2026
Poraxo‘rlik ishi: Bundestag sobiq deputati shartli jazoga hukm qilindi
21:50 / 22.01.2026
Shavkat Mirziyoyev Davosda bir qator davlatlar va kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashdi
19:52 / 19.01.2026