Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Borrel rossiyaliklarga viza berishni to‘liq taqiqlash g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamadi
Jozep Borrel Yevropa ittifoqi davlatlari rossiyaliklarga viza berishni to‘liq taqiqlashni bir ovozdan ma’qullashiga shubha qilmoqda.
Rossiyaliklar uchun Yevropa ittifoqiga vizalar berishni butunlay taqiqlash «yaxshi taklif emas», dedi Yevropa ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel. 28 avgust, yakshanba kuni u Avstriyaning ORF telekanaliga bergan intervyusida shu haqda aytdi.
Yevropa diplomatiyasi rahbari Rossiya aholisi bilan aloqalarni uzmaslik kerakligi haqida ogohlantirdi - uning so‘zlariga ko‘ra, bunday keng qamrovli qadamning oqibatlari ijobiy bo‘lmaydi. «Har qanday holatda men endi viza umuman berilmasligi tarafdori emasman», dedi Borrel. U, shuningdek, Yevropa ittifoqi mamlakatlari bu masalada yakdillik ko‘rsatishiga shubha bildirdi.
Shu bilan birga, Yevropa ittifoqi tashqi ishlar vazirlari Rossiya bilan viza rejimini soddalashtirish bo‘yicha kelishuvni to‘xtatish taklifini qo‘llab-quvvatlashi mumkin. Bu haqda avvalroq Britaniyaning Financial Times gazetasi uchta manbaga tayanib xabar bergan edi. «Rossiyalik sayyohlarning bizning shaharlarimiz, pristanlarimiz bo‘ylab sayr qilishi nomaqbul. Biz Rossiya aholisiga bu urushni qabul qilib bo‘lmasligi to‘g‘risida signal berishimiz kerak», dedi muzokaralarda ishtirok etgan Yevropa ittifoqining yuqori martabali rasmiysi.
Nashrning yana bir suhbatdoshi sammit ishtirokchilari kelgusida «vizani soddalashtirishni to‘xtatib qo‘yishdan ham og‘irroq qadam tashlashni istashini» aytib, yil oxirigacha jiddiyroq o‘zgarishlar bo‘lishi mumkinligini qo‘shimcha qildi. Bryusselda qo‘shimcha choralar bo‘yicha haligacha konsensus yo‘q, deya ta’kidlaydi FT.
Mavzuga oid
10:40
YeI va Kreml o‘rtasida norasmiy aloqalar bo‘lgani xabar qilindi
08:45
G7 bayonotidan so‘ng Kiyev yana hujumga uchradi
08:29
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
22:32 / 17.06.2026