Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent – Samarqand yo‘nalishidagi tezyurar poyezdlarda 4G tarmog‘i ishlay boshladi
Foto: KUN.UZ
AKT vazirligi rahbariyati «Veon» kompaniyasi vakillari bilan Toshkent – Samarqand yo‘nalishidagi tezyurar poyezdlarni tezkor internet bilan ta’minlash masalasini muhokama qildi.
Vazirlik axborot xizmatining ma’lum qilishicha, vazir Sherzod Shermatov «Veon» kompaniyalar (Beeline Uzbekistan) guruhi bosh ijrochi direktori Kaan Terzio‘g‘li bilan uchrashgan. Uchrashuvda kompaniya vakillari Toshkent – Samarqand yo‘nalishidagi tezyurar poyezdlarda sayohatchilar endi Beeline orqali yuqori tezlikdagi internetdan bemalol foydalanishlari mumkinligi haqida axborot berishgan.

Uchrashuv davomida “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish doirasida «Veon» kompaniyalar guruhi bilan hamkorlikni kengaytirish, ayniqsa, magistral yo‘llarda mobil xizmatlarni yanada yaxshilash masalalari muhokama qilingan.
Toshkent – Samarqand yo‘nalishidagi tezyurar poyezdlarda yuqori tezlikdagi internetdan foydalanish imkoniyatlari bo‘yicha taqdimot o‘tkazilgan.
Tomonlar ikki tomonlama manfaatli istiqbolli yo‘nalishlar, jumladan, AKT masalalarida keng qamrovli hamkorlikni kengaytirish va boshqa muhim masalalarni muhokama qilishgan.
Mavzuga oid
21:43 / 12.01.2026
Samarqand shahri kengaytiriladi va Samarqand tumani tugatiladi
10:01 / 07.01.2026
Samarqandda shifokorlar bemor qornidan 200 gramm mix chiqarib oldi
11:10 / 30.12.2025
Samarqand viloyatini rivojlantirish bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi
12:40 / 26.12.2025