O‘zbekiston | 09:52 / 01.09.2022
1412
1 daqiqa o‘qiladi

Konrad Adenauer jamg‘armasi O‘zbekiston davlat idoralari xodimlari malakasini oshiradi

O‘zbekiston TIV rahbari Konrad Adenauer nomidagi jamg‘arma raisi bilan uchrashdi.

Foto: Dunyo

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov Konrad Adenauer nomidagi jamg‘arma raisi Norbert Lammert bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston bilan jamg‘arma o‘rtasidagi turli sohalardagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. O‘zbekiston-Germaniya munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar jadvali ko‘rib chiqildi.

Iqtisodiyot, ekologiya, ilmiy-tadqiqot sohalarida, qonun ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish, inson huquqlari va gender tengligini ta’minlash, davlat idoralari va nodavlat tashkilotlari xodimlari malakasini oshirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Jurnalistlar malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, fond “Yosh jurnalistlarni qo‘llab-quvvatlash” va “Professional jurnalistlarni tayyorlash” dasturlarida O‘zbekiston OAV vakillari ishtirokini tashkil etishdan manfaatdorlik bildirildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid