Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreya ishchilarni yuboruvchi davlatlarga ajratilgan kvotalarni oshiradi
Ye-9 vizasi asosida Koreya Respublikasiga ishchilarni yuboruvchi davlatlarga ajratilgan kvotalarni oshirish masalasi ko‘rib chiqiladi.
Janubiy Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati (HRDK) tomonidan Changvon shahrida Ye-9 vizasi asosida ishchi kuchi yuboruvchi 16 davlat diplomatik korpus vakillari ishtirokida 2022 EPS Conference konferensiyasi tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Mazkur tadbirda O‘zbekistonning Seul shahridagi elchixonasi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Kvanju shahridagi vakolatxonasi vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida Koreyada mehnat faoliyatini olib borayotgan chet ellik ishchilar orasida ish vaqtida baxtsiz hodisalar oldini olish bo‘yicha xabardorlikni oshirish yuzasidan Koreya Inson resurslarini rivojlantirish xizmati (HRDK), Koreya mehnat xavfsizligi va salomatligi agentligi (KOSHA) va 16 davlat diplomatik korpus vakillari o‘rtasida uch tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.
Konferensiya tashkilotchilari istiqbolda Ye-9 vizasi asosida Koreyaga ishchilarni yuboruvchi davlatlarga ajratilgan kvotalarni oshirish masalasi ko‘rib chiqilishini bildirdi.
Mavzuga oid
10:43 / 14.05.2026
400 ming dollarlik firibgarlik: Koreya ish vizasi bilan bog‘liq holat fosh etildi
10:44 / 23.04.2026
Koreyada vafot etgan o‘zbekistonlik qiz haqida rasmiy bayonot berildi
10:59 / 10.04.2026
O‘zbekistonliklar o‘qish uchun eng ko‘p Rossiya va Koreyaga ketmoqda
18:59 / 06.03.2026