– Özbekistonda generatsiya yetişmasligini quyoş stansiyalari bilan qoplaşning imkoni mavjudmi?
– Yöq, nazariy jihatdan olib qaraydigan bölsak, generatsiya yetişmovçiligini quyoş stansiyalari bilan töliq qoplab bölmaydi. Sababini tuşuntiraman.
Özbekistonda eng yuqori talab qiş oylarida kuzatiladi. Unda ham keçki soat 16 dan 22 gaça bölgan vaqt oraliğida. Bu soatlarda aksariyat quyoş stansiyalari işlamaydi. Lekin umuman olganda, quyoş generatsiyasi bugungi kunda ommalaşib boryapti, kelajak uçun esa bu eng asosiy texnologiyalardan biri böladi. Negaki, quyoş energiyasini saqlaş akkumulyatorlarining narxi yildan yilga arzonlaşib boryapti.
Energiya kunduz kuni işlab çiqarilib, ortiqçasini akkumulyatorga yiğib, keçqurun işlatiş mumkin. Bizning hisob-kitobimiz böyiça taxminan 2030 yilga borib, akkumulyatorlarning narxi şu darajada tuşib ketadiki, quyoş elektr stansiyalari oddiy stansiyalar bilan raqobatlaşa oladigan böladi.
– Mamlakatimizda şamol energiyasi barqarormi? Şu masalani qaysidir taşkilot ilmiy jihatdan örganganmi? Deylik, Qoraqalpoğiston yoki Bekobodda serşamol hududlarimiz bor.
– Birinçidan, Energetika vazirligining özida ham çet elda tahsil olgan, tajribali, yoş mutaxassislar yetarli. Ular mana şu şamol energiyasi böyiça mutaxassislardir. Ular birlamçi örganişlarni ötkazişadi.
Bundan taşqari, xalqaro moliyaviy institutlaridan birinçisi, albatta Yevropa taraqqiyot va tiklaniş banki, qolaversa, Jahon banki bilan birgalikda şamol potensiali xalqaro xorijiy konsultantlarni jalb qilgan holda örganiladi. Özbekistonda şamol potensialining asosiy kuçi ğarbiy qismga töğri keladi. Bu Qoraqalpoğiston Respublikasi, Buxoro va Navoiy viloyatlariga. Çöl hududlarimizda şamol haqiqatan ham yaxşi salohiyatga ega.
Bekobod şamoli esa kuçli, ammo bir maromdagi şamol emas. Şamol stansiyalari uçun u qadar kuçli şamol kerak emas. Aksariyat şamol stansiyalari örtaça 8-9 metr sekundiga esgan şamol ta’sirida yaxşi işlaydi. Bekobodda 20 metr kuzatiladi. Lekin ba’zan umuman şamol bölmaydi.

– Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi doim ta’mirlanişda. Uning quvvati oşirilib, deyarli bitta stansiya qursa böladigan mablağ sarflab yuborildi. Yaqinda yana ikkita yangi stansiya qurilayotgan ekan. Bu iqtisodiy jihatdan qançalik töğri? Şunda avvalgi mablağlar behuda sarflangan bölib çiqyaptimi? Yoki xatolardan töğri xulosa çiqarilib yangi stansiyalar qurilyaptimi?

















