Kreml hujum qilinmaydigan energetika obektlarini ma’lum qildi
Kreml Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi energetika infratuzilmasini o‘qqa tutish taqiqi atom elektr stansiyalari, gidroelektr stansiyalari, neftni qayta ishlash zavodlari, neft va gaz quvurlari, omborxonalar va nasos stansiyalari, elektr stansiyalari, podstansiyalar va transformatorlarga taalluqli ekanligini ma’lum qildi.

Foto: Aleksey Belkin / NEWS.ru / Global Look Press
Rossiya hukumati Ukraina bilan Amerika Qo‘shma Shtatlarining vositachiligida erishilgan kelishuvda zarba berish taqiqlangan energetika obektlari ro‘yxatini taqdim etdi. Bu hujjat 25 mart, seshanba kuni Kreml saytida e’lon qilindi.
Neftni qayta ishlash zavodlari, AES, GESga zarba berish taqiqlanadi
Hujjatda aytilishicha, ro‘yxat Rossiya va Amerika tomonlari o‘rtasida kelishilgan. Ammo bu AQSh yoki Ukraina tomonidan tasdiqlanmagan.
Ro‘yxatga atom elektr stansiyalari, gidroelektrostansiyalar, neftni qayta ishlash zavodlari, neft va gaz quvurlari, saqlash va nasos stansiyalari, elektr stansiyalari, nimstansiyalar, transformator va tarqatuvchilar, elektr energiyasi ishlab chiqarish va uzatish infratuzilmasi kiradi.
Kremlning ta’kidlashicha, ularni o‘qqa tutishga moratoriy 18 martdan boshlab 30 kunga amal qiladi va u uzaytirilishi mumkin. «Tomonlardan biri tomonidan moratoriy buzilgan taqdirda, ikkinchi tomon o‘zini unga rioya qilish majburiyatlaridan ozod deb hisoblashga haqli», — deya ogohlantirdi Rossiya rasmiylari.
Zelenskiy: Rossiya kelishuv shartlarini buzib ko‘rsatmoqda
25 mart kuni Volodimir Zelenskiy Kremlni Qora dengizda o‘t ochishni to‘xtatish va energetika infratuzilmasini o‘qqa tutishni taqiqlash kelishuvlari shartlarini buzib ko‘rsatganlikda aybladi. «Ruslar allaqachon manipulyatsiya qilishni boshladi. Ular kelishuvlarni buzib, bizning vositachilarimizni ham, butun dunyoni ham aldashga harakat qilmoqda», — dedi Ukraina prezidenti.
Oq uyning 25 mart kuni Ar-Riyoddagi muzokaralar yakunlari bo‘yicha bayonotida aytilishicha, Vashington Moskva va Kiyev bilan «Rossiya va Ukrainadagi energetika obektlariga zarba berishni taqiqlash bo‘yicha kelishuvni amalga oshirish choralarini ishlab chiqishga» kelishib olgan.
Urishayotgan ikki davlat rasmiylari ham xuddi shunday bayonotlar bilan chiqdi. Ammo faqat Moskva shartnomaning amal qilish muddati boshini 18 mart deb atagan va kelishuvni uzaytirish yoki bekor qilish imkoniyatini ham bildirgan.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi
O‘zbekiston | 12:08
-
«O‘zgidromet» havo harorati 40 darajadan oshishi va shamol kuchayishi haqida ogohlantirdi
O‘zbekiston | 11:55
-
AQSh Eronga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qildi
Jahon | 11:50
-
Navoiyda 55 yoshli ayol hujjatlarda erkak sifatida qayd etib kelingani aniqlandi
O‘zbekiston | 11:43
Mavzuga oid

22:28 / 18.04.2025
Asirlar, amir va Araqchi bilan. Kremldagi uch uchrashuv haqida

16:03 / 17.04.2025
«Vajnyye istorii»: Serbiya Kremlga yaqin shaxslarga fuqarolik beryapti

18:04 / 25.03.2025
AESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining narxi qancha bo‘ladi?

14:01 / 25.03.2025