O‘zbekiston | 11:04 / 05.09.2022
12190
1 daqiqa o‘qiladi

Hafta ikkinchi yarmida O‘zbekistonga salqin havo massasi kirib kelishi boshlanadi 

Hafta birinchi yarmida O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va biroz issiq ob-havo saqlanib turadi, kuz fasli boshi uchun me’yoriy qiymatlardan biroz iliqroq bo‘ladi. 

Foto: Kun.uz

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, havo harorati kechalari 15-20 daraja iliq, kunduz kunlari 34-39 daraja issiq atrofida bo‘ladi.

Hafta ikkinchi yarmida mamlakat hududiga salqin havo massasi kirib kelishi boshlanadi. Havo harorati kechalari 13-18 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 30-35 daraja issiqqacha biroz pasayadi. 

7-9 sentabr kunlari faqat Qoraqalpog‘iston tumanlari bo‘yicha qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ish ehtimoli bor.

6 sentabr kuni shimolda, 7-8 sentabr kunlari respublikaning cho‘l hududlarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid