Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Rossiyaga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berishni ko‘paytiradi
Yanvar-iyul oylarida O‘zbekistondan Rossiyaga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti 50 foizdan ko‘proqqa o‘sdi.
O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Rossiyaga tashrifi doirasida bosh vazir o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev Rossiya hukumati a’zolari bilan ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik, transport va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi munosabatlar holati va ularni rivojlantirishga bag‘ishlangan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Rossiya hukumati raisi o‘rinbosari Denis Manturov bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda o‘zbek ishlab chiqaruvchilari to‘qimachilik sanoati mahsulotlari, maishiy texnika va qurilish materiallarini Rossiya bozoriga yetkazib berishni oshirish birgalikda tahlil qilindi. Ikki mamlakat korxonalari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini kengaytirishga qaratilgan qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish ko‘rib chiqildi.
Rossiya hukumati raisi o‘rinbosari Aleksey Overchuk bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda savdo-iqtisodiy hamkorlik muhokama qilindi. Investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarni mustahkamlash va Markaziy Osiyoda xalqaro transport-logistika kommunikatsiyalarini rivojlantirishga e’tibor qaratildi.
Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov bilan uchrashuvda yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlarni o‘zaro yetkazib berishni ko‘paytirish, hududlararo hamkorlikni kengaytirish va o‘zbek-rossiya hamkorligi kun tartibidagi boshqa masalalar muhokama qilindi. Tomonlar joriy yilda ikki tomonlama tadbirlarni o‘tkazishni muhokama qildi.
Rossiya hukumati raisi o‘rinbosari Viktoriya Abramchenko bilan uchrashuv oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini o‘zaro yetkazib berishni ko‘paytirishga bag‘ishlandi. Joriy yil yanvar-iyul oylarida O‘zbekistondan Rossiyaga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti 2021 yil shu davriga nisbatan 52 foizga o‘sib, 222,5 million dollarni tashkil etdi. Ushbu yo‘nalishda aloqalarni rivojlantirish kelishuviga erishildi.
Energetika vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, "Rossiya temir yo‘llari" rahbariyati, Rossiya yirik kompaniyalari vakillari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarda qishloq xo‘jaligi, Markaziy Osiyoda transport-logistika kommunikatsiyalarini rivojlantirish, boshqa manfaatli masalalar bo‘yicha hamkorlikni chuqurlashtirish va investitsiya loyihalarini amalga oshirishga kelishildi.
Mavzuga oid
09:59
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
05:49
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
10:35 / 04.07.2026
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50 / 04.07.2026