Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xususiy notariuslik faoliyati uchun litsenziya olish tartibi ma’lum qilindi
Hukumat 369-son qaroriga muvofiq notariuslik faoliyatini amalga oshirish yuzasidan litsenziya olish bo‘yicha Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali orqali murojaat qilinadi.
Foto: iStock
Xususiy notariuslik faoliyatini amalga oshirish yuzasidan litsenziya olish bo‘yicha so‘rovnomaga quyidagi hujjatlar elektron tarzda ilova qilinadi:
- oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom yoki vakolatli davlat organi xorijiy ta’lim muassasasida olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) to‘g‘risidagi guvohnomasi nusxasi;
- mehnat daftarchasi tasdiqlangan nusxasi yoki yuridik mutaxassislik bo‘yicha ish stajini tasdiqlovchi «Elektron mehnat daftarchasi» tizimidan ko‘chirma.
Davlat xizmatini ko‘rsatish uchun 150 000 so‘m (BHM 50 foizi) miqdorida yig‘im undiriladi.
Xususiy notariuslik faoliyatini amalga oshirish yuzasidan litsenziya berganlik uchun 300 000 so‘m (BHM 1 baravari) miqdorida davlat boji undiriladi.
Yagona portal orqali murojaat etilganda to‘lovlar 90 foizi undiriladi.
Mavzuga oid
07:25 / 08.05.2026
Ko‘chmas mulk xaridorlarini avvalgi egasining qarzidan himoya qilish taklif etildi
17:45 / 01.05.2026
Barcha davlat tibbiyot muassasalari bosqichma-bosqich majburiy litsenziyalanadi
15:07 / 08.12.2025
Notariuslikka talabgorlar uchun majburiy o‘quv kurslari tartibi tasdiqlanadi
11:13 / 17.11.2025