O‘zbekiston | 19:30 / 06.09.2022
3943
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Xitoyga zilzilada ko‘plab odam nobud bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Xitoyning Sichuan muzofotida kuchli zilzila oqibatida ko‘plab odam nobud bo‘lgani va og‘ir jarohat olgani munosabati bilan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Tszinpinga hamdardlik yo‘lladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

«Butun Xitoy xalqiga chuqur ta’ziya izhor etib, davlatimiz rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jabrlanganlar shifo topishini tiladi», deyiladi prezident matbuot kotibi xabarida.

5 sentabr kuni Xitoy janubi-g‘arbidagi Ganzi-Tibet avtonom okrugining Luding uyezdida 6,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Uning o‘chog‘i 16 km chuqurlikda bo‘lgan, deya xabar berdi «Sinxua» agentligi Xitoy seysmologik tarmoqlar markaziga tayanib.

6 sentabr holatiga ko‘ra, 66 kishi vafot etgan, yana 15 kishi bedarak yo‘qolgan, 253 nafar aholi vakili tan jarohati olgan, ulardan besh nafarining ahvoli hozirda o‘ta og‘ir, 70 nafari esa og‘ir tan jarohati olgan. 

Zilzila tufayli Sichuan provinsiyasi ma’muriyati favqulodda vaziyatlarga eng yuqori darajadagi javob berish rejimini joriy qildi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid