Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boltiqbo‘yi davlatlari rossiyaliklarning kirishini cheklash haqida kelishib oldi
Latviya, Litva va Estoniya hukumati yaqinda rossiyaliklarning Shengen vizasi bilan kirishi taqiqlanganini rasman e’lon qiladi.
Foto: Ieva Lūka/LETA
Latviya, Litva va Estoniya rossiyaliklarning Shengen vizasi bilan Rossiya va Belarus hududidan kirishini cheklash bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishdi, dedi Latviya tashqi ishlar vaziri Edgars Rinkevichs 7 sentabr, chorshanba kuni.
Rasmiy ravishda taqiq yaqin kunlarda e’lon qilinadi, deya qo‘shimcha qildi Rinkevichs. Unga ko‘ra, oilaviy va gumanitar sabablarga ko‘ra kirib kelayotgan yuk mashinalari haydovchilari, diplomatlar va rossiyaliklar uchun istisnolar bo‘ladi. «Qarorlar milliy hukumatlar tomonidan milliy tartiblarga muvofiq qabul qilinadi va bir vaqtning o‘zida kuchga kiradi», deb yozadi Rinkevichs.
Estoniya, Litva va Latviya Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan keyin Rossiya fuqarolariga turistik vizalar berishni to‘xtatdi va Yevropa ittifoqining boshqa davlatlarini ham shunday qilishga chaqirdi. Avgust oyida Estoniya ham davlat tomonidan berilgan Shengen vizasiga ega ruslarning mamlakatga kirishini taqiqlagan edi.
Bir kun avval Yevrokomissiya (YeK) Rossiya bilan viza tartibini soddalashtirishga oid kelishuvni to‘liq to‘xtatib turish bo‘yicha takliflarni e’lon qildi. Yangi rejim 12 sentabrdan kuchga kirishi mumkin.
Endi Rossiyadan barcha murojaat etuvchilar uchun viza to‘lovi miqdori 35 yevrodan 80 yevroga ko‘tariladi. Viza arizalari bo‘yicha qaror qabul qilishning standart muddati 10 kundan 15 kungacha, ayrim hollarda esa 45 kungacha cho‘ziladi. Bundan tashqari, rossiyaliklar endi hujjatlarning to‘liq ro‘yxatini taqdim etishlari kerak bo‘ladi va avvalgidek qisqartirilgan ro‘yxat qo‘llanmaydi.
«Rossiya kabi bosqinchilik urushi olib borayotgan davlat buzg‘unchi tashqi siyosat va Ukrainaga qarshi harbiy tajovuzni davom ettirib, qoidalarga asoslangan xalqaro tartibni to‘liq mensimaslikni ko‘rsatar ekan, soddalashtirilgan viza rejimidan foydalanish huquqiga ega bo‘lmasligi kerak», deya ma’lum qildi YeK.
Tavsiya etamiz
Dubay amirining qarindoshi 50 mln yevro evaziga tutqunlikdan ozod qilindi
Jahon | 21:18 / 04.11.2025
O‘zbekiston AQSh fuqarolari uchun vizasiz tartib joriy etdi
O‘zbekiston | 20:36 / 03.11.2025
Afg‘onistonda nima uchun zilzilalar ko‘p sodir bo‘ladi?
Jahon | 19:36 / 03.11.2025
Fuqarolar hayotiga xavf tug‘diradigan “zapravka”lar boshqa joyga ko‘chiriladi
O‘zbekiston | 19:07 / 02.11.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston energetikasida vodorod ishlab chiqarishni joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi
Iqtisodiyot | 14:43
-
AQSh BMTda Suriya prezidentidan sanksiyalarni olib tashlashni rejalashtirmoqda
Jahon | 14:30
-
YeI Serbiyadan rossiyaliklarga pasport berishni cheklashni talab qilmoqda
Jahon | 14:23
-
Zangiotada “opiy”ning yirik miqdordagi partiyasi ashyoviy dalil sifatida olindi
Jamiyat | 14:21
Mavzuga oid
14:23
YeI Serbiyadan rossiyaliklarga pasport berishni cheklashni talab qilmoqda
12:55
RF mudofaa vaziri yadroviy sinovlarga tayyorgarlikni boshlashni taklif etdi
09:58
OAV: sanksiyalar “Lukoyl”ning xorijdagi biznesini falaj qilib qo‘ydi
09:35