O‘zbekiston | 13:16 / 07.09.2022
11308
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Mehnat vazirligi O‘zbekiston fuqarolarini tashkiliy yollash shartlarini o‘zgartiradi

Bir yildan kamroq vaqt ichida sinov dasturi bo‘yicha umumiy kvotadan migrantlarning deyarli yarmi qurilish obektlariga ishga olindi.

Rossiyadagi qurilish obektlariga O‘zbekiston fuqarolarini tashkiliy yollash kvotasi deyarli yarmiga to‘ldi. Bu haqda TASS agentligiga bergan intervyusida qurilish vaziri o‘rinbosari Nikita Stasishin aytib o‘tdi.

Rasmiyga ko‘ra, hozirda Rossiyada Qurilish vazirligining sinov dasturi bo‘yicha ishga olingan 4500 ga yaqin o‘zbekistonlik ishlamoqda. Hammasi bo‘lib 13,5 ming kishi potensial xodimlar sifatida 10 minglik cheklov bilan tanlandi.

«Loyihaning o‘ziga xos xususiyatlari bor va bundan keyin ham limit belgilanadi, - deya qo‘shimcha qildi Stasishin. - Hozirda Mehnat vazirligi shartlarni biroz o‘zgartirmoqda».

Pilot loyiha Rossiya hukumatiga ishchilar uchun shaffof kirib kelishni o‘rnatish, ularning salomatligi va xavfsizligini ta’minlashga yordam berdi. Vazir o‘rinbosari ushbu tajriba kelajakda Rostrudning malakali tashkiliy yollash barcha dasturlarida qo‘llanishini taklif qildi. 

Umuman olganda, COVID-19 bilan bog‘liq cheklovlar olib tashlanganidan so‘ng O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistondan migrantlar oqimi ko‘paydi. Bundan tashqari, sanoatda ish haqining o‘sishi Rossiya fuqarolarini qurilish maydonchalariga jalb qildi. 

Qurilish sanoati endi kadrlar yetishmovchiligini boshdan kechirmayapti, dedi Stasishin. Olti oy davomida Qurilish vazirligiga qo‘shimcha ishchilarni rag‘batlantirish bo‘yicha birorta ham so‘rov kelib tushmadi.

2021 yil kuzida Rossiyaning qurilish kompaniyalariga o‘zbekistonliklarni jalb qilishni tashkil etish bo‘yicha tajriba loyihasi ishga tushirildi. Fevral oyida hukumat 1100 kishini qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilishni ham ma’qulladi, may oyida esa Mehnat vazirligi cheklovlarni olib tashlash va sanoat turlarini kengaytirishni taklif qildi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid