Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampdan mamlakatlardan birining yadroviy salohiyati haqidagi hujjat topilgan - OAV
FQB Trampning Floridadagi qarorgohida tintuv o‘tkazish chog‘ida xorijiy davlatlardan birining mudofaa strategiyasi va uning yadroviy salohiyatini tavsiflovchi hujjatni topgan, deb yozadi WP.
Federal qidiruv byurosi (FQB) xodimlari o‘tgan oyda AQSh sobiq prezidenti Donald Trampning Floridadagi shaxsiy qarorgohi va klubi bo‘lgan Mar-a-Lagoda tintuv o‘tkazish chog‘ida xorijiy davlatning mudofaa strategiyasi va uning yadroviy imkoniyatlarini tavsiflovchi hujjat topgan. Bu haqda 6 sentabr, seshanba kuni The Washington Post (WP) nashri xabar berdi.
Bundan tashqari, ba’zi hujjatlarda AQShning o‘ta maxfiy operatsiyalari haqida so‘z yuritilgan. Qayd etilishicha, ular bungacha shu qadar qattiq qo‘riqlanar ediki, hatto ko‘plab yuqori martabali milliy xavfsizlik amaldorlari ham ulardan bexabar bo‘lgan. Faqat prezident, uning vazirlar mahkamasining ayrim a’zolari yoki ma’muriyatga yaqin darajadagi amaldorlar hukumat boshqa amaldorlariga ushbu dasturlar tafsilotlari bilan alohida tanishish imkonini berishi mumkin, deydi WP suhbatdoshlari.
Shu tariqa, maxsus ruxsatni talab qiluvchi o‘ta maxfiy operatsiyalar haqidagi hujjatlar Tramp Oq uyni tark etganidan keyin 18 oydan ko‘proq vaqt davomida noaniq xavfsizlik sharoitida Mar-a-Lagoda saqlangan, deb yozadi gazeta.
FQB bu yil Mar-a-Lagodan 300 dan ortiq maxfiy hujjatlarni qaytarib oldi: ulardan 184 tasi 15 qutida yanvar oyida AQSh Milliy arxivlar va hujjatlar boshqarmasiga yuborilgan, 38 tasi Trampning advokati tomonidan iyun oyida tergovchilarga topshirilgan. 8 avgust kuni sud ruxsati bilan o‘tkazilgan tintuv paytida yana 100 ta hujjat topildi.
Aynan shu oxirgi partiyada, manbalarga ko‘ra, xorijiy davlatning yadro salohiyati haqida ma’lumot bo‘lgan.
Trampning advokati «jarayonni hurmat qilmasdan davom ettiradigan va adolat manfaatlariga to‘g‘ri kelmaydigan» ma’lumotlar oshkor etilishini qoralab chiqdi.
Mutaxassislarning fikricha, AQSh rasmiylari Trampga qarshi bir qancha jinoiy ayblovlar qo‘yishi mumkin, jumladan, «maxfiy ma’lumotlarni qasddan noto‘g‘ri ishlatish».
Florida shtati Janubiy okrugi sudining 2 sentabr kuni bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Trampdan topilgan 11 mingdan ortiq turli hukumat hujjatlaridan 18 tasi «o‘ta maxfiy», 54 tasi «maxfiy» va 31 tasi «yashirin» deb belgilangan.
Bundan tashqari, maxfiy ma’lumotlar deb belgilangan 48 ta bo‘sh papka, yashirin deb hisoblangan 40 ta bo‘sh papka aniqlangan. Musodara qilingan hujjatlar ro‘yxatida ham, AQSh Adliya vazirligining qo‘shimcha xatida ham papkalarning yo‘qolgan mazmuni topilgan yoki topilmagani ko‘rsatilmagan, deb yozadi The New York Times. 11 000 dan ortiq maxfiy bo‘lmagan davlat hujjatlari va fotosuratlari ham topilgan.
FQB avgust oyi boshida Trampning Floridadagi Mar-a-Lago qarorgohida tintuv o‘tkazdi. Keyinchalik maxsus xizmatlardagi anonim agent o‘z ko‘rsatmalarida tushuntirishicha, FQB sobiq prezident yanvar oyida AQSh Milliy arxivlar va hujjatlar boshqarmasi so‘roviga ko‘ra barcha maxfiy hujjatlarni qaytarmagan deb gumon qilgan.
O‘sha paytda Trampdan 15 quti hujjatlar, jumladan «maxfiy» deb belgilangan va «milliy xavfsizlik ma’lumotlari» bo‘lgan fayllarni olgandan so‘ng, FQB maxfiy hujjatlar nima uchun olib chiqib ketilganini va buning uchun mos bo‘lmagan joyda saqlanganini aniqlash uchun ish ochgan, deyiladi agentning guvohlik ko‘rsatmasida.
Tekshiruv natijalariga ko‘ra, maxsus xizmat Tramp qarorgohida boshqa maxfiy fayllar saqlanib qolganiga «ehtimoliy asoslar bor» degan xulosaga kelgan. Sud order berish haqidagi so‘rovni ma’qullaganidan so‘ng, FQB qarorgohda tintuv o‘tkazgan.
AQSh ommaviy axborot vositalarining yozishicha, reyd davomida topilgan ba’zi materiallar o‘ta maxfiy deb tasniflangan va AQSh razvedka ma’lumotlarini yig‘ish usullari haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin bo‘lgan. Tergovga yaqin bo‘lgan The Washington Post manbalari bu ma’lumotni Qo‘shma Shtatlarning «eng maxfiy sirlaridan biri» deb atagandi.
Mavzuga oid
23:07 / 17.06.2026
Tramp yakuniy kelishuv uchun Eronga 60 kun muhlat berdi
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
13:33 / 17.06.2026
«Mensiz Isroil bo‘lmasdi» – Tramp Isroilning Livandagi harbiy taktikasini tanqid qildi
22:24 / 16.06.2026