O‘zbekiston | 13:57 / 08.09.2022
8322
1 daqiqa o‘qiladi

Belarus O‘zbekistondan qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari sotib olishni ko‘paytiradi

Minskda savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Foto: Dunyo

O‘zbekistonning Belarusdagi elchixonasi tomonidan “Belgospishcheprom” konserni raisi o‘rinbosari Aleksandr Yakovits bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish maqsadida uchrashuv tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Uchrashuv doirasida konsern tarkibiga kiruvchi korxonalarga O‘zbekistondan yangi quritilgan, qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari yetkazib berish, mahsulotlar ishlab chiqarishda o‘zaro hamkorlikni kengaytirish va savdo hajmlarini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda konsern tarkibiga kiruvchi korxonalar xomashyo mahsulotlariga bo‘lgan talablari hamda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda tajriba almashish maqsadida ikki tomonlama amaliy safarlarni tashkil etishga kelishib olindi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid