02:21 / 08.09.2022
17754

YeChL. «Bavariya» «Inter»ni mag‘lub etdi, «Liverpul» Neapolda yirik hisobda yutqazdi, «Barsa» 5ta gol urdi, «Atletiko»da dramatik g‘alaba

Foto: Reuters

Yevropa Chempionlar Ligasida 1-tur bahslari yakunlandi. 

A guruhida «Liverpul» kutilmaganda Neapolda yirik hisobda yutqazdi. Mezbonlar safida Zelinski dubl va assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. «Ayaks» esa «Reyndjers» darvozasiga javobsiz 4ta to‘p kiritdi.

V guruhida «Atletiko» «Portu»ga qarshi dramatik bahsda 90+11-daqiqada g‘alabani ilib ketdi. «Bryugge» «Bayyer»ni mag‘lub etdi. 

S guruhida «Barselona» «Viktoriya»ni tor-mor etdi, Levandovski het-trikka erishdi. «Bavariya» esa Milanda «Inter»dan ustun keldi. 

D guruhida «Tottenhem» Risharlisonning dubli evaziga «Marsel» ustidan g‘alaba qozondi. 
«Sporting» safarda Yevropa Ligasi g‘olibi «Ayntraxt»ni yirik hisobda yengdi.

YeChL. 1-tur. 7 sentabr

A guruhi
Napoli — Liverpul 4:1
Gollar:
Zelinski (5 penalti, 47), Zambo-Angissa (31), Simeone (44) — Diash (49). 
Amalga oshirilmagan penalti: Osimhen (18). 
Napoli – Meret, Di Lorenso, Rrahmani, Kim, Olivera (Rui, 74), Lobotka, Zelinsei (Elmaz, 74), Zambo-Angissa, Politano (Lozano, 57), Osimhen (Simeone, 41), Kvaratsxeliya (Zerbin, 57). 
Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Gomes (Matip, 46), Roberson, Milner (Tiago, 62), Fabino, Elliott (Artur, 77), Firmino (Nunes, 62), Saloh (Jota, 62), Dias.

Ayaks — Reyndjers 4:0
Gollar:
Alvares (17), Bergeys (32), Quddus (33), Bergveyn (80). 
Ayaks – Pasveyer, Rensx, Bassi, Timber, Blind (Bas, 82), Alvares (Sanches, 88), Teylor, Quddus (Brobbi, 88), Tadich, Bergeys (Klassen, 82), Bergveyn (Okampos, 82). 
Reyndjers – Maklaflin, Taverne (King, 46), Goldson, Sends, Barishich, Landstrem, Kamara (Devis, 78), Rayt (Matondo, 46), Cholak, Kent, Tillman (Jyek, 46).

V guruhi
Atletiko — Portu 2:1
Gollar:
Ermoso (90+2), Grizmann (90+11) — Uribe (90+5, penalti).
Atletiko – Oblak, Molina (de Paul, 46), Vitsel, Ximenes, Reynildu, Karrasko (Lemar, 46), Koke, Saul (Grizmann, 61), Lorente, Morata (Ermoso, 68), Felish (Korrea, 71). 
Portu – D.Koshta, Pepe, Karmu, Sanusi, Otavio (B.Koshta, 77), Uribe, Eushtakiu, Pepe (Mariu, 62), Torimiy, Evanilson (Toni, 78), Galeno (Veron, 88).
Chetlatish: Torimiy (82).

Bryugge — Bayyer 1:0
Gol:
Silla (42). 
Bryugge – Minole, Odoi, Mexele, Silla, Meyyer, Vanaken, Nilsen, Nvadike (Balanta, 83), Olsen (Sandra, 83), Soua (Sobol, 89), Yutgla (Yaremchuk, 64). 
Bayyer – Gradetski, Kossunu, Ta, Inkapie, Bakker (Glojyek, 67), Frimpong (Ozmun, 87), Arangis (Palasios, 46), Andrix (Demirbay, 67), Hadson-Odoi (Amiri, 87), Shik, Diabi. 

S guruhi
Inter — Bavariya 0:2
Gollar:
Sane (25), D'Ambrozio (66, avtogol). 
Inter – Onana, Dumfris (Darmian, 72), D`Ambrozio, Shkrinyar (de Vrey, 72), Bastoni (Dimarko, 72), Gozens, Mxitaryan, Brozovich, Chalxono‘g‘li (Galyardini, 81), Jyeko (Korrea, 71), Martines. 
Bavariya – Noyyer, Pavar, Ernandes (Stanishich, 84), de Ligt (Upamekano, 75), Devis, Zabitser (Goretska, 61), Kimmix, Myuller, Mane, Koman (Gnabri, 75), Sane (Musiala, 84).

Barselona — Viktoriya Plzen 5:1
Gollar:
Kesse (13), Levandovski (34, 45+3, 67), Torres (71) — Sikora (44). 
Barselona – ter Stegen, Roberto (Pike, 46), Kristensen, Kunde, Alba, Kesse (Torre, 81), de Yong, Pedri (Gavi, 75), Levandovski, Dembele (Depay, 75), Fati (Torres, 65). 
Viktoriya Plzen – Stanek, Gavel, Geyda, Pernitsa, Yemelka (Golik, 86), Sikora (Pilarj, 79), Moskera (Yirka, 79), Vlkanova (Chermak, 78), Kalvax, Buxa, Xori (Bassi, 66).

D guruhi
Tottenhem — Marsel 2:0
Gollar:
Risharlison (76, 81).
Tottenhem – Loris, Emerson (Kulusevski, 61), Dayyer, Langle (Devis, 73), Romero (Tanganga, 73), Perishich, Hyoyberg, Bentankur (Bissuma, 85), Son (Doerti, 85), Keyn, Risharlison. 
Marsel – Lopes, Kloss (Kolashinats, 71), Mbemba, Jigo (Under, 87), Bayi, Tavaresh, Veretu (Guyye, 87), Ronjye, Jyerson (Balerdi, 50), Genduzi, Suares (Harit, 71).
Chetlatish: Mbemba (48).

Ayntraxt — Sporting 0:3
Gollar:
Edvards (65), Trinkau (67), Santush (82).
Ayntraxt – Trapp, Ndika, Tuta, Lens (Pellegrini, 46), Gyotse, Sou, Kamada (Hasebe, 84), Ebimbe (Borre, 66), Lindstrem (Alario, 74), Yakich (Knauff, 84), Kolo-Muani. 
Sporting – Adan, Porro, Koates, Sen-Jyust (Netu, 52), Inasiu, Reys, Ugarte, Gonsalvesh (Santush, 79), Morita, Edvards (Roshinya, 73), Trinkau (Paulinyu, 79).

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Top