«Barselona» – Çempionlar ligasi yarimfinalida. Ammo Dortmundning «Borussiya» klubi futbol olamini aql bovar qilmas kambek bilan lol qoldirişiga sal qoldi. Kataloniyaliklar yil boşidan buyon ilk bor mağlubiyatga uçradi.
Öyindan oldin «Barselona» posboni Şçensni çigalyozdi maşğuloti çoğida qölini şikastlab olgani va barçadan oldin kiyim almaştiriş xonasiga ketgani haqida xabar paydo bölgandi. Şunga qaramay, uşbu polyak boşlanğiç tarkibdan örin oldi. Törtinçi daqiqadayoq «Borussiya» Şçensnini tekşirib kördi – Bayyerning zarbasi darvoza sohasiga töğri bordi. Lekin zarba ança uzoqdan berilgandi va Voysex bu töpni bir qöli gips holatida ham qaytarişi mumkin edi.
Öyin debyutida «Barselona» töpni nazorat qilişga urindi, ammo «Borussiya» bor kuç bilan harakat qilib, raqibga öyin bermadi. Bu oraliqda Ispaniya çempionati peşqadami umuman öziga öxşamadi. Yettinçi daqiqada, Koutuning Gavi bilan töqnaşuvidan keyin kataloniyaliklar penaltidan qutulib qoldi, ammo bir neça daqiqa ötib Şçensni Grossni yiqitib qöyganida heç narsa Hansi Diter Flik jamoasini jazodan qutqara olmadi. Videotakror darvozabonning folini ham, Gross ofsaydda bölmaganini ham tasdiqladi. Girassi esa penaltini original uslubda ijro etdi. Faqat u «panenka» zarbasi bilan töpni tösin ostiga yöllaydi.
«Barselona» faqat bölim örtalariga borganida Kobel darvozasi tomon ilk zarbasini yölladi. Bu vaqtga kelib mezbonlar zarbalar böyiça 7-0, darvoza sohasiga töğri borgan zarbalar böyiça 5-0, yaqqol golli vaziyatlar böyiça 3-0 va xG (kutilgan gollar) böyiça 1,75 körinişida katta ustunlikka ega bölişgandi. xG böyiça 0,02 körsatkiçi ham «Barsa» naqadar açinarli ahvolda qolganini körsatadi. 3-4-3 sxemasida öynagan «Borussiya» yuqori tempni saqlab qolib, kataloniyaliklar mudofaa çiziği odatdagi kabi ança yuqorida joylaşganidan foydalanişga e’tibor qaratdi. Mezbonlar muntazam ravişda töpni kök-anorranglilar jamoasi himoyaçilari ortiga oçilişga çoğlangan hujumçilari yöliga taşlab berişdi. Bir neça holatda bu ofsayd holatiga olib keldi, ammo qolgan vaziyatlarda — hujumlar öta xavfli çiqdi.
Mavzuga oid
Aytiş mumkinki, kataloniyaliklarga safar öyinida golga taşnalik yetişmadi. Bu ayniqsa töpsiz harakatlanganda sezildi. Ammo bu örinda barçasi tuşunarli – birinçi öyindagi 4:0 hisobidagi ustunlik futbolçilarni xotirjamlikka berilişga majbur qilgandi. Qolaversa, «Barsa» markaziy forvardi Levandovskiga sifatli uzatmalar bölmadi, holbuki bu oqşom u özini dunyoga tanitgan stadionda kataloniyaliklar jamoasi safidagi 100-golini urişi mumkin edi.
«Borussiya» futbolçilari esa, öyingaça özlari ham kambekka işonmagan bölsa, öyin davomida buni uddalaş mumkinligiga işonç paydo böldi. Ikkinçi bölim ssenariysi birinçisiniki kabi boşlandi. Şçensni bir hujum davomida Adeyyemining zarbasini va jarima maydoni markazidan takroriy zarbani qaytardi, ammo burçak zarbasidan keyin Bensebainining yordamida Girassi rekord yozişda davom etdi. Gvineyalik hujumçining bir metr masofadan yöllagan zarbasini Rafinya qöllari bilan ham töxtata olmadi.
Ammo dortmundlik muxlislarning quvonçi uzoqqa çözilmadi. Beş daqiqa ötib «Borussiya» yöq joydan gol ötkazib yubordi. Fermin içkaridan oşirilgan töpga yetib bordi va jarima maydoni markazida kelayotgan Levandovskiga pas berdi. Töp hujumçiga yetib bormadi, ammo uni tösişga uringan Bensebaini öz darvozasini işğol etib qöydi. Undan oldingi epizod qahramoni öyin antiqahramoniga aylandi.
Avtogol «Borussiya» futbolçilari ruhiyatiga ta’sir körsatdi. Kovaç jamoasi taqdirga tan bergandek körina boşladi, mezbonlarning hujumdagi harakatlari öxşamadi, ammo 18 yoşli Dyuranvilning maydonga tuşişi Dortmundni jonlantirdi. Xorvatiyalik mutaxassis yoş belgiyalikni tuşirib, topqirlik qildi. Dyuranvil öng qanotda Martin va Garsiyadan osonlik bilan qoçib ketdi va jarima maydoni markaziga töp uzatdi, Arauxo uni uzoqlaştirişda xato qildi va Girassi imkoniyatdan foydalandi. Seru het-trikni rasmiylaştirdi va Rafinyani ortda qoldirgan holda YeÇL joriy mavsumining eng yaxşi töpurariga aylanib qoldi.
Şundan keyin «Borussiya» yana katta kuç bilan oldinga ötdi, Brandt törtinçi golni ham urdi – ammo mezbonlar golni nişonlab bölganidan keyin ofsayd holati qayd etildi. Çempionlar ligasining ötgan mavsumi finalçisining bundan ortiğiga kuçi yetmadi. Flik himoya çiziğini ança ortga surdi, öyin tempini tuşirdi va kerakli hisobni uşlab qoldi. Kataloniyaliklarning Yamal, Rafinya va Levandovski kabi yulduzlari öyinda biror harakati bilan ajralib turmadi. «Borussiya» kuçli raqibni zarbalar böyiça ham (18:7, darvoza sohasiga töğri borgan zarbalar – 11:2), xG böyiça ham (0,49 ga qarşi 3,85) yaqqol ustunlik bilan mağlubiyatga uçratdi va turnirni boşini tik tutgan holda tark etadigan böldi.
Buni Flik uçun xavotirli signal deyiş mumkin. Bu öta yorqin mavsumda kataloniyaliklarga yordam beradigan siltalaş vazifasini ham ötaşi mumkin. Nima bölganda ham jamoa barça turnirlardagi iştirokini davom ettirmoqda.
«Aston Villa» va «PSJ» örtasidagi javob uçraşuvi ham şiddatli keçdi. Parij şunçaki kuçliroqdek, birinçi öyindagi ikki gol farqi – Angliya javob öyinidan oldin yetarli böladigandek köringandi. Qolaversa, «PSJ» ikkinçi uçraşuvni nafaqat kuçli boşladi, balki vaziyatlardan foydalanişda sovuqqonlik namoyiş etdi.
Birminghemliklarda avvaliga barça narsada uziliş böldi. Öyin boşlanişi arafasida taşkilotçilar musiqani adaştirib yuborişdi va butun stadionga Çempionlar ligasi örniga, Yevropa ligasi madhiyasi qöyib berildi. Bu şunçaki ovoz operatori xatosi bölgani tayin. Ammo internetda darhol Emeri, «Yevropa ligasi qiroli», Yevropadagi ikkinçi darajali turnirning tört karra qiroli ekanini eslatib, bu öylangan hiyla ekani haqida memlar keng tarqaldi.
Futbolçilar bunga turliça reaksiya körsatişdi — parijliklar özini noqulay sezişdi. Inglizlar esa tabassum qilişdi — aftidan, ular öz murabbiyining sevimli turniri madhiyasini yaxşilik alomati deb hisoblaşgan.
Ammo «Villa» futbolçilari öyin startidayoq muxlislari kambekdan umid uzişi uçun öynay boşladi. Markus Reşford raqib jarima maydoni oldida töpni yöqotdi, mehmonlar esa ikki uzatma bilan Barkolyani maydonning narigi qismidagi jarima maydoni yaqinida töp bilan ta’minladi, yoş fransuzning markazga uzatmasidan keyin Martines qöpol xatoga yöl qöydi va töpni Hakimining oyoğiga taşlab berdi – «PSJ» qanot himoyaçisi öta aniq zarba berdi.
«Villa» uçun bu öta noqulay ssenariy edi va jamoa yana oçilişga majbur böldi. 27-daqiqada mezbonlar navbatdagi hujumda töp yöqotdi, parijliklar esa yana bir neça uzatma bilan jarima maydoniga yetib keldi va 4 ga 2 körinişidagi qarşi hujumda ikkinçi golni urişdi. Dembele töpni qulay vaziyatda turgan Mendeşga taşlab berdi va qanot himoyaçisi burçakka ideal zarba berdi. Şundan keyin ikki öyin natijasiga köra umumiy hisob «PSJ» foydasiga 5:1 körinişini oldi.
Bunday holatda qandaydir intriga qolgani haqida gapiriş qiyin edi. Fol uçun Hakimiga qizil kartoçka körsatilganida, bu mantiqiy bölardi, ammo hakam marokaşlik futbolçini keçirdi.
«Villa» birinçi bölimdayoq javob qaytarişni boşladi. Mezbonlarga rikoşet yordam berdi – Tilemansning zarbasidan keyin töp Paçoning köksiga tekkan holda yönalişini özgartirib, tösin ostidan darvoza töriga bordi. Şunga qaramay, «PSJ» özi uçun qulay hisobda tanaffusga yöl oldi.
Ikkinçi bölimda esa parijliklarning oyoği qaltiray boşladi va «Villa» tezda yana bir gol urdi. E’tiborli jihati, ikkinçi gol ham Paçoning iştirokida böldi. Tezligi u qadar yuqori bölmagan Makginn töpni öz jamoasi jarima maydoni atrofidan raqib jarima maydoniga qadar olib bordi va kuçli zarba yölladi – töp markaziy himoyaçiga tegib, tösin ostiga şönğidi – 2:2. Bu hujumda parijliklarning na maydon futbolçilari va na Donnarumma hujumni töxtatiş çorasini topa olmadi.
Bir neça daqiqa ötib «Villa» uçinçi golni urişga ham yaqin keldi. Reşfordning jarima maydoni çiziğidan yöllagan zarbasidan keyin Donnarumma töqqizlikka borayotgan töpni töxtatib qoldi.
«Villa» keyingi hujumda baribir uçinçi golni ham urdi – şunday qilib 0:2 hisobi 3:2 körinişiga özgardi. Reşford raqib jarima maydonida ajoyib dribling namoyiş etdi va Konsani qulay vaziyatga çiqardi. Himoyaçi yaqin burçakka aniq zarba yölladi. Ketma-ket uç goldan keyin «Villa» ikki uçraşuv natijasiga köra hisobni tenglaştirişga juda yaqin keldi. «PSJ» futbolçilari asabiylaşib, juda köp imkoniyat berdi. Tilemans boş bilan yöllagan xavfli zarbani ham Donnarumma qaytardi. Keyin esa Asensio bilan yakkama-yakka vaziyatda qahramonlik körsatdi.
«PSJ»ning özida esa vaziyatlar köp bölmadi, kamdan kam vaziyatlardan birida Due imkoniyatdan foydalana olmadi va öyin sönggi daqiqalargaça asabiy davom etdi.
Sönggi soniyalarda ham Matsenning jarima maydoni çiziği yaqinidan yöllagan zarbasi öta xavfli çiqdi. Töp darvoza sohasiga töğri borayotgandi, ammo bu safar aynan Paço töpni tösib qoldi. «PSJ» katta qiyinçilik bilan yarimfinalga çiqdi, ammo keyingi bosqiçda jamoadan yaxşiroq öynaş talab etiladi – final ostonasida parijliklarni «Arsenal» – «Real» juftligi ğolibi kutadi.