Yevropa Çempionlar ligasi çorakfinal dastlabki öyinlaridan bir hafta ötgaç, bugun, 12 aprel oqşomida javob bahslariga start beriladi. «Çelsi» Londondagi ikki töp farqidagi mağlubiyatdan keyin «Real» maydonida kambek qilişga urinsa, «Bavariya» Ispaniyadagi mağlubiyatdan söng Myunxenda «Vilyarreal» bilan hisob-kitobni joyiga qaytarişga harakat qiladi. Çorşanba oqşomida esa «Mançester Siti» Madridda mehmon böladi, «Benfika»ni esa «Enfild»da yana bir imtihon kutib turibdi.

Amaldagi çempion turnir bilan xayrlaşiş ostonasida

Londonda ötgan öyinni ikki söz bilan ifodalaş mumkin: Karim Benzema. «Real»ning 9-raqamli hujumçisi «Stemford Brij»da YeÇLdagi ketma-ket ikkinçi öyinida het-trikini rasmiylaştirdi. Natijada, turnirning 13 karra çempioni yarimfinalga çiqiş uçun juda yaxşi imkoniyat hosil qilib turibdi. Madriddagi öyinda amaldagi çempion «Çelsi»ni möjizagina turnirni tark etişdan qutqara oladi. Mezbonlar safida Karim navbatdagi marta qahramonga aylanişga şay holatda.

«Çelsi» boş murabbiyi Tomas Tuxel Çempionlar ligasi çorakfinal javob öyini doirasidagi «Real»ga qarşi bahs oldidan fikrlari bilan örtoqlaşib, şogirdlarining kambek qilişga urinişi haqida gapirdi.

Foto: Getty Images

«Albatta, öz uyimizdagi 1:3 hisobli mağlubiyatdan keyin bu öyindagi imkoniyatimiz yuqori emas. Raqibning darajasi, stadion va turnir saviyasidan kelib çiqqan holda bizga juda qiyin bölişi aniq. Kambek? Buning ehtimoli past, ammo urinib körsak böladi. Buning uçun maydonda borimizni berişning özi kifoya emas, öz darajamizdan yuqoriroq öyin körsatiş talab etiladi. Bu oqşom biz uçun juda muhim», - deya Tuxelning sözlarini keltirgan klub rasmiy sayti. Sönggi öyinida şanba kuni «Sauthempton» darvozasiga javobsiz 6ta gol kiritgan «aristokratlar» Madriddagi oqşomda neçta gol kirita olişini «Bernabeu»dagi bahsda köramiz.

«Bavariya» «avariya» xavfi ostida

Dastlabki öyinda Ispaniyaga safar qilgan «Myunxen maşinasi» «sariq submarina» tomonidan «çöktirildi». Uşbu bahsda ispanlar nemislar darvozasiga bir emas, köproq gol kiritişlari ham mumkin edi. Buni javob öyini oldidan «Bavariya» yarimhimoyaçisi Yozua Kimmix ham tan olgan.

«Tan oliş lozim, «Vilyarreal»ga qarşi öyinda minimal hisobdagi mağlubiyat qayd etilgani omadimiz edi. Aks holda Myunxendagi öyin oldidan qiyin vaziyatda bölardik», - deydi Kimmix öyin oldidan matbuot anjumanida.

Ispaniyadagi uşbu bahsda «Bavariya»ning YeÇLdagi 32 öyindan iborat golli seriyasiga barham berildi. Nagelsmann şogirdlarida vaziyatni özgartiriş uçun 90 daqiqa vaqt böladi. Myunxendagi öyin Unai Emeri şogirdlari uçun ham haqiqiy sinovga aylanadi.

Foto: Getty Images

Çorşanba oqşomida esa «Atletiko» Madridda «Mançester Siti»ga qarşi raqibning dastlabki öyindagi kiçik ustunligini yöqotişga urinsa, «Benfika»ni «Enfild Road»da möjizagina yarimfinalga olib çiqişi mumkin. Aks holda Saloh va Mane tandemi töpurarlar röyxatida Benzema va Levandovskiga raqobat uyğotişi mumkin.

Foto: Yevropa Çempionlar ligasi

YeÇL. 1/4 final. Dastlabki öyinlar

12 aprel (seşanba)

«Bavariya» - «Vilyarreal»

Öyin boşlaniş vaqti: 23:59

TV-translatsiya: «Mahalla»

Birinçi öyin: 0:1

Taxminiy tarkiblar:

«Bavariya»: Noyyer; Pavar, Upamekano, Ernandes, Devis; Kimmix, Goretska; Koman, Myuller, Gnabri; Levandovski

Öynamaydi: Zyule (betob), Tolisso (son), Şupo-Moting (jismoniy holat)

«Vilyarreal»: Ruli; Foyt, Albiol, Pau Torres, Estupinyan; Koklen, Kapu, Parexo, Lo Çelso; Jyerar Moreno, Danjuma

Öynamaydi: Alberto Moreno (tizza)

«Real» - «Çelsi»

Öyin boşlaniş vaqti: 23:59

TV-translatsiya: «Sport»

Birinçi öyin: 3:1

Taxminiy tarkiblar:

«Real»: Kurtua; Karvaxal, Naço, Alaba, Mendi; Modriç, Kazemiro, Kroos; Valverde, Benzema, Vinisius Junior

Öynamaydi: Azar (jarohat), Isko (bel), Eder Militao (diskvalifikatsiya), Valexo (betob)

«Çelsi»: Mendi; Çaloba, Tyago Silva, Ryudiger; Jyeyms, Kante, Kovaçiç, Alonso; Maunt, Havers, Ziyoş

Öynamaydi: Barkli (betob), Çiluell (tizza), Lukaku (töpiq)

13 aprel (çorşanba)

«Liverpul» - «Benfika»

Öyin boşlaniş vaqti: 23:59

TV-translatsiya: «Mahalla»

Birinçi öyin: 3:1

Taxminiy tarkiblar:

«Liverpul»: Alisson; Aleksander-Arnold, Konate, van Deyk, Tsimikas; Henderson, Fabino, Keyta; Saloh, Jota, Dias

«Benfika»: Vlaxodimos; Jilberto, Otamendi, Vertongen, Grimaldo; Vaygl, Taarabt; Rafa Silva, Gonsalu Ramuş, Everton; Darvin Nunes

«Atletiko» - «Mançester Siti»

Öyin boşlaniş vaqti: 23:59

TV-translatsiya: «Sport»

Birinçi öyin: 0:1

Taxminiy tarkiblar:

«Atletiko»: Oblak; Vrsalko, Saviç, Felipe, Reynildu, Karrasko; Lorente, Errera, Koke; Korrea, Joau Feliks

«Mançester Siti»: Ederson; Uoker, Stounz, Lyaport, Joau Kanselu; de Bryuyne, Rodri, Bernardu Silva; Mahrez, Foden, Griliş

Öynamaydi: Gabriel Jyezus (diskvalifikatsiya), Palmer (jarohat).