O‘zbekiston | 13:39 / 12.09.2022
10004
2 daqiqa o‘qiladi

Kadastr bo‘yicha to‘lovlarda yuzaga kelgan muammoga izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Kadastr agentligi xizmatlaridan foydalanganlik uchun to‘lov qilishda muammolar yuzaga kelayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Kadastr agentligi holat bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

Foto: Shutterstock

Qayd etilishicha, kadastr xizmatlaridan Davlat xizmatlari markazi (DXM), Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) my.gov.uz hamda notariuslar orqali foydalanish mumkin.

Kadastr agentligi bu yo‘nalishda «Universalbank» bilan hamkorlikda ishlab kelmoqda. Banklararo universal tarmoqli axborot tizimi («Munis») to‘lov tizimi hamda «Universalbank» orqali amalga oshirilgan bank operatsiyalar natijalarini solishtirish ishlari olib borilayotgani sababli kadastr xizmatlaridan notarius orqali foydalanganda to‘lov qilish vaqtincha to‘xtatilgan.

Ma’lum qilinishicha, «Universalbank» nosozliklarni tez fursatlarda bartaraf etishi va tizimni ishga tushirishi mo‘ljallangan. Ushbu holatga invoysning hech qanday aloqasi yo‘qligi aytiladi.

Ma’lumot uchun, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali - my.gov.uz va Davlat xizmatlari markazlari orqali yuborilgan arizalar to‘lovlarida muammolar yo‘q. Fuqarolar yuqoridagi nosozliklar bartaraf etilgunga qadar kadastr xizmatlaridan DXM va YaIDXP (my.gov.uz) orqali foydalanishi va to‘lov qilishi mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid