Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Portugaliya rossiyaliklarga «oltin vizalar» berishdan bosh tortyapti
Ukrainada urush boshlanganidan beri Portugaliya Rossiya fuqarolarining sarmoya uchun «oltin vizalar» so‘rab yuborgan barcha 10 ta arizasini rad etdi. 2021 yilda Lissabon 65 nafar rossiyalik uchun «oltin viza»ni tasdiqlagandi.
Foto: Shutterstock
Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi boshlanganidan beri Portugaliya Rossiya fuqarolarining «oltin vizalar» so‘rab murojaat qilgan barcha 10 ta arizasini rad etdi, deb yozadi Publico 11 sentabr, yakshanba kuni Portugaliya Chet elliklar masalasi va chegara qo‘riqlash xizmati (SEF)ga tayanib.
Urush boshlanganidan keyin rasmiy Lissabon Yevropa ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalari munosabati bilan Rossiya fuqarolarining «oltin vizalar» olish uchun arizalarini ko‘rib chiqishni to‘xtatdi. To‘xtatilganidan beri Portugaliya hukumati 10 ta arizani qabul qilib, ularning barchasini rad etdi.
2012 yildan beri faoliyat yuritayotgan dastur 250 ming yevro miqdoridagi sarmoya evaziga Portugaliyada yashash uchun ruxsatnoma olish imkonini beradi. Dastur boshlangandan beri Rossiya fuqarolariga 430 dan ortiq «oltin vizalar» berildi, deya ta’kidlaydi Publico.
SEF ma’lumotlariga ko‘ra, Portugaliya oxirgi marta Rossiya fuqarolariga «oltin vizalar»ni 2022 yil yanvarida bergan. O‘shanda 7 ta ariza ma’qullandi. 2021 yil dekabrida 10 ta, noyabrda beshta, oktyabrda sakkizta viza berilgan. Hujjatni 2021 yilda jami 65 nafar rossiyalik olgan.
Mavzuga oid
09:50 / 19.01.2026
Portugaliyada prezident saylovi natijasini ikkinchi tur hal qiladi
20:27 / 14.01.2026
AQSh 75 mamlakat fuqarolari uchun viza berishni to‘xtatadi
18:09 / 07.01.2026
Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari ham AQSh vizasi uchun 15 ming dollargacha garov to‘laydi
12:44 / 07.01.2026