O‘zbekiston | 07:23 / 12.09.2022
8247
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Afg‘onistonga yuk tashishni jadallashtirish bo‘yicha to‘rt tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Xitoydan Afg‘onistonga tovarlar yetkazib berishni jadallashtirish va logistika infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida «O‘zbekiston temir yo‘llari» tashabbusi bilan O‘zbekiston, Afg‘oniston, Qirg‘iziston temiryo‘llari ma’muriyatlari vakillari hamda Xitoy xalqaro logistika kompaniyasi ishtirokida to‘rt tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

Foto: railway.uz

Yig‘ilishda hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish, mavjud imkoniyatlarni kengaytirish, istiqbolli loyihalar va hamkorlikni yangi bosqichlarga olib chiqish maqsadida tomonlar logistika infratuzilmasini modernizatsiya qilish, Xitoyning Qashqar stansiyasidan Afg‘onistondagi Hayraton stansiyasigacha bo‘lgan yuk tashishlarni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.

Afg‘onistonlik mehmonlar ishchi guruh barcha qarorlarini qo‘llab-quvvatlagan. Afg‘onistonning O‘zbekistondagi elchisi va Afg‘oniston temiryo‘llari boshqarmasi boshlig‘i O‘zbekistonga har tomonlama qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirgan.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha to‘rt tomonlama bayonnoma imzolandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid