18:21 / 12.09.2022
12030

Toshkentda daraxtga kelib urilgan Cobalt haydovchisi vafot etdi

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida odam o‘limi bilan yakun topgan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, 2022 yil 12 sentabr kuni soat taxminan 09:00 larda Yashnobod tumani Ohangaron ko‘chasida, 1978 yilda tug‘ilgan haydovchi M.R. ishonchnoma asosida Cobalt rusumli avtomashinada harakatlanib ketayotgan bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, shu vaqtda uning sog‘ligi yomonlashgan. Haydovchi rul boshqaruvini yo‘qotgan va qarama-qarshi yo‘llarni ajratib turuvchi ko‘kalamzorlashtirilgan maydonchadagi daraxt bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Ko‘rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramay, avtomashina haydovchisi voqea joyida vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid
Top