Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko Mirziyoyevga: «Mamlakat sirpanib ketmasligi uchun o‘zingiz ingichka muz ustidan yuryapsiz»
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ShHT sammiti doirasidagi o‘zaro muloqotda Shavkat Mirziyoyev sha’niga iliq so‘zlar bildirib, O‘zbekiston prezidenti Samarqandni yoshartirganini aytdi.
«Ha, bu shaharning uzoq o‘tmishi bor, bu o‘tmish qaysidir ma’noda odamni bosib qo‘yadi, siz esa bu shaharni yoshartirdingiz.
Bilaman, siz boshqa viloyatda tug‘ilgan bo‘lsangiz ham, bu shahar siz uchun qadrdon. Bu yerda sizning eng muhim yillaringiz o‘tgan, yuqori darajadagi boshqaruv bo‘yicha katta tajribaga ega bo‘lgansiz. Bosib o‘tgan yo‘lingiz juda ajoyib, siyosatchi sifatida [oxirgi yillarda] yaxshigina o‘sdingiz.
Kelayotganda sizning yigitlaringizga ham aytdim, Miromonovich jiddiy o‘sish qayd etdi. Ha, oldingi rahbaringiz bilan ham yaxshi munosabatda edim, ammo to‘g‘risini aytaman, siz qilishingiz kerak bo‘lgan ishni qildingiz. Mamlakat sirpanib ketmasligi uchun o‘zingiz ingichka muz ustidan yurib ketyapsiz», dedi Belarus prezidenti.
Mavzuga oid
10:05 / 10.07.2026
Lukashenko: O‘zbek oilalarini Belarusda ko‘rishni istaymiz
18:21 / 09.07.2026
Mirziyoyev va Lukashenko muzokaralar yakunlarini sarhisob qildi
16:49 / 09.07.2026
O‘zbekiston va Belarus munosabatlari strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi
14:43 / 09.07.2026