«Bolalar katta bölsa «rossiyaçi» bölmoqçi - eri xorijga ketgan ayol kundaligidan
|18:54 / 17.09.202233 51712 min
Qişloqlarda bugun otasiz katta bölayotgan avlod paydo böldi. Bunday farzandlarning otalari uzoq yurtlarda mehnat muhojirligida yurişibdi. Ularning Özbekistonda qolgan rafiqalari esa farzandlar otasini unutib qöyişidan xavotirda.
Foto: KUN.UZFoto: KUN.UZ
5 sentabr. Buxoro viloyatida joylaşgan Peşko‘ tumanidagi 28-maktab har yilgidan ança gavjum. Maktabga bu yil borgan 1-sinf öquvçilari 6 ta sinfga bölinişdi. Ularning 4 tasida ta’lim rus tilida olib boriladi. Ruslar deyarli yaşamaydigan tumanda ota-onalar farzandini negadir tobora rus sinflarida öqitişni boşlagan.
Ayol odatda bolasini kuzatgaç, çala qolgan işlarini tugatib qöyiş uçun tikuv maşinasi yoniga ötiradi. U tikiş-biçişni yaxşi köradi, yanada aniqroği, tikiş otidan pul topib, rözğorning kam-köstlarini yamaydi. Albatta, u yolğiz ona emas. Turmuş örtoği bilan baxtli hayot keçiradi.
Turmuş örtoği Rossiyaning Moskva şahrida qurilişda işlaydi. Tumanidagi erkaklarning aksari xorijga işlaşga ketadi. Çunki tumanda kattaroq zavod, sanoat işlab çiqariş korxonalari yöq hisobi. Umuman Özbekistonda rasmiy işsizlik darajasi juda yuqori bölmasa-da, norasmiy işsizlar köp.
Işsizlik köpmi yoki iş haqi kam?
Mehnat va bandlik vazirligi 2021 yilda Özbekistonda 1 mln 442 ming kişi işga muhtojligi va işsizlik darajasi 9,6 foizga yetganini ma’lum qilgan edi. Yoşlar orasida işsizlik darajasi 15,1 foizni, ayollar orasida esa 13,3 foizni taşkil etdi. Ammo asl holatda raqamlar bundan yirikroq bölişi mumkin. Sababi xorijga işlaş uçun ketuvçilarnining özi 2 mln.dan oşadi.
Işga berilgan oylik aksar hollarda tirikçilikdan ortiğiga yetmaydi. Odamlar esa uy-joy qilişni, oyoği tagida bitta maşinasi bölişini xohlaydi.
Masalan, Statistika qömitasi 2022 yil birinçi çoragiga köra, örtaça nominal iş haqi 3,4 mln sömni taşkil etadi, degan ma’lumotni bergan. Lekin Özbekistonning hamma joyida ham bunaqa maoş berilmaydi. Tumandagi budjetdan maoş oluvçi işçilarning aytişiça, aksar öqituvçi va şifokorlarning oyligi 2 mln sömga ham yetmaydi. Maktab öqituvçilari orasida dars soatlari köpligi uçun til öqituvçilarining oyligi 4–5 mln söm atrofida böladi.
Mavzuga oid
Statistika qömitasi ta’kidlaganidek, örtaça oylik 3,4 mln söm bölgan taqdirda ham bu mablağ uy-joy quriş, maşina xarid qilişga ortmaydi.
«4–5 kişidan iborat oila örtaça ovqatlanib, yaşay desa, tuman şaroitida 2 mln söm sarf böladi. Bitta oilaga 5–6 mln söm kirim bölsa, sekin-sekin uy-joy qilişga yetsa kerak», — deydi Sanobar.
Sanobarning turmuş örtoği ham Özbekistonda uy-joy qilişga yetadigan pul topmagani uçun xorijga ketişiga majbur bölgan.
«Rossiyaçi» atamasining paydo bölişi
Ular 2013 yilda turmuş qurişgan. Eri ular hali oila qurmasidan ança oldin töy, uy-joy xarajatlari uçun har yili yoki 2 yilda bir Rossiyaga qarindoşlari bilan işlaşga borib turgan. Töydan keyin ham şu holat takrorlandi. Juftlikning oila qurganiga 9 yil bölgan bölsa, umumiy hisblaganda ular 3–4 yil birga yaşaşgan, xolos.
«Hamma qatori biz ham tirikçilik ğamida yurgan oilamiz. Allohga şukur bir nafar bolamiz bor. Turmuş örtoğim Rossiyaga köp çiqib keladi. Qölida kasbi bor, juda yaxşi usta, uylarni ta’mirlaydi. Lekin u pulga imorat kötarib bölmaydi. Özi qaynota-qaynonam bilan yaşardik. Turmuş örtoğim örtança farzand bölgani uçun uy-joy qilib çiqişimiz kerak. Öz uyimiz bölgani yaxşi-da. Şuning uçun oila qurganimizdan keyin uni işlaşga Rossiyaga jönatdik. Orada 1–2 oy kelib-ketişlar bilan yillarimiz ötyapti», — deydi u.
Buxoro viloyati tumanlaridan Rossiya Federatsiyasiga işlaşga ketuvçilar köp. Mahalliy aholi Rossiyaga muntazam işlaşga ketuvçilarga «rossiyaçi» deb nom ham qöyib olgan.
Rossiya IIV ma’lumotlariga köra, 2021 yilning yanvar-sentabr oylarida 3 mln.dan ortiq Özbekiston fuqarosi Rossiya Federatsiyasiga mehnat migratsiyasi uçun borgan.
Mehnat vazirligi 2022 yil yanvar-iyul oylarida 2 mln özbek xorijga ketganini tasdiqlaydi. Ularning katta qismi Rossiyaga ketuvçilardir.
Taşqi mehnat migratsiyasi Kun.uz’ga bergan ma’lumotga köra, 100 ming 260 nafar odam 2021 yil agentlik orqali Rossiyaga ketgan, bundan 6324 nafari Buxoro viloyatiga töğri keladi.
«Rossiyadan keladigan pullarni iloji boriça yiğib qöyamiz»
Sanobar ham turmuş örtoği pul yuborişini kutib kun ötkazadigan ayollardan emas. Qölida tikuvçilik hunari bor. Qişloq ayollari u-bu kiyim tiktiriş uçun uning oldiga tez-tez çiqib turadi. Şuning uçun ham öğlini maktabga yuborib, darrov tikişga ötiradi.
«Mening işlarim qöşnilarimga yoqadimi yoki masofa yaqinligi uçunmi bilmadim, tikişga narsa olib çiqib turişadi. Bitta köylakni 40 ming, lozimlarni 15 ming sömdan tikaman. Tikilişi qiyinroq fasonlar bölsa, 50–60 ming sömga ham tikişim mumkin», — deydi u.
Şu zayl işlab u oyiga uzoği bilan 500–700 ming söm topadi, lekin bu ham mavsumiy. Çunki iş asosan yozda köpayadi. Turmuş örtoği oyiga 300–400 AQŞ dollari atrofida pul jönatadi. Imoratga pul yiğilib tursin deb, Rossiyadan keladigan pullarni iloji boriça işlatmasdan olib qöyadi, rözğorga özining kasbi orqasidan tuşib turadigan pullarni sarflaydi. Yoş oilaning 3 ta katta xona, 1 oşxona, hammom va hojatxonadan iborat imorati qariyb 50 foiz tayyor holatda.
Hozir Sanobar va öğli oşxonaga aylantirilgan kenggina xonada ham ovqat pişirib, ham yaşab turişibdi. Yaşaşga möljallangan uylarining polini qoqib bölişgan. Erining kasbi uy-joy ta’mirçisi bölgani uçun, uyning qolgan pardoz ta’mirini özi qilmoqçi.
«Ta’mirçi ustaga ham ança pul berişimizga töğri kelardi. Harqalay, turmuş örtoğimning özi ta’mirlasa, usta puli çöntagimizda qoladi», — deydi ayol xursandlik bilan.
Otasini kutib ösayotgan bolalar taqdiri
Eri köp vaqt Rossiyada bölgani uçun, imoratda işlovçi ustalarga ham özi boş-qoş bölişiga töğri kelgan. Ötgan yoz şunday ötdi. Öğli ham ovqat taşiş kabi kiçik işlarga qaraşib turdi.
«Şahar hududida bolalarni tögaraklarga berişganini körib havas qilaman. Xudoga şukur, bolamning tört muçasi soğ. Rosa doira çalişga qiziqadi. Bir yaxşi ustoz bölsa, musiqa tögaragi bölsa, yozda vaqtini unumli ötkazarmidi, deb orzu qilaman. Otasi yonida bölmagani uçun uning kelajagi va tarbiyasidan biroz xavotirdaman», — deya öyga çömib ketdi ayol.
Taşqi mehnat migratsiyasidan röyxatdan ötib ketganlarning özinigina hisoblaydigan bölsa, viloyatdan 6 mingdan ortiq kişi xorijga ketgan (asosiy qismi erkaklar). Ularning örtaça 2 nafardan bolasi bor deb olsak, kamida 12 ming bola otasiz ulğayişga majbur. 3 mln özbek xorijda işlaşini hisobga olsak, bu statistika ming barobarga kattalaşişi mumkin.
Yozuvçi Javlon Jovliyev ta’biri bilan aytganda «qişloqlarda bugun otasiz katta bölayotgan avlod paydo böldi: ya’ni otalari uzoq yurtlarda musofirlikda yaşayotgan avlod paydo bölgan».
Otasiz ulğaygan bolalar otasi bilan birga ösgan bolalardan dunyoqaraşi, öziga işonçida katta farq qiladi. Psixolog Rozaliya Gabdulhakova töliq oilada ösmagan bola özini himoyasiz sezişini aytadi.
Rozaliya Gabdulhakova, psixolog
«Oilasi töliq bölmagan, otasi uzoqda bölgan bola özini xotirjam his qilolmaydi, himoyaçisi borligini his qilmaydi. Farzandlar oilada ota-ona munosabatlarini körmaydi. Agar qiz bola bölsa, onasiga öxşab ham erkak ham ayol mas’uliyatini böyniga olib ösişi mumkin. Öğil bola esa erkaklar qanday bölişi kerakligini körmay ulğayadi», — deydi u.
20 yil içida 2–3 yil birga yaşagan oila
Ayol özining 1999 yil oila qurgan bir hamqişloqlarini misol keltirdi. Aytişiça, oila 2001 yilda farzandli bölgaç, erkak Rossiyaga işlaşga ketadi. Şundan beri har yili 1–2 oyga uyiga keladi, qolgan vaqt Rossiyada.
«Oila 20 yil içida hisoblasak uzoği bilan 2–3 yil birga yaşagan. Farzandlari ilgari köp otasi kelişini söragan bölsa, hozir otasi kelsa, tezroq ketişini xohlaşadi. Çunki ular muhtoj bölgan yoşda otasi ularning yonida bölmagan. Endi esa otasining borligi ularga noqulaylik tuğdiradi. Yaqinda 20 yoşli öğli ham otasi orqasidan Rossiyaga ketdi. Otasi Rossiyaga işlagani ketgan boladan, «katta bölsang kim bölasan?» deb sörasangiz, «rossiyaçi», deb javob beradi», — deydi ayol.
Behruz kunduzi soat 1 larda maktabdan keladi. Keyin ovqatlanib, örtoqlari bilan köçada öynaydi. Keçki ovqat mahali keç soat 6–7 da uyga kirib keladi. Unga ovqat tayyorlab turgan onasi bilan keçki ovqatni yeb, otasining qönğiroğini kutişadi.
«Otasi qönğiroq qiladigan kun —biz uçun bayram. Behruz otasini juda yaxşi köradi. Otasi köp vaqt ketsa, Behruz otasini unutib qöyişidan qörqaman. Çunki otasi birinçi ketgan yillari u otasini har kun sörardi. Hozir esiga tuşsa, söraydi. Keyin söramay qöysa, nima böladi?» — deya xavotirini yaşirmaydi ona.
«Haşamat kerak emas, Rossiyaga ketmasa böldi»
Sanobar yaşaydigan mahalladan qariyb önlab ayolning eri xorijga ketganini aytdi. «Xorijdan pul işlaş yaxşi, lekin uning yomon tomoni...» deya qahramonimiz salbiy jihatlarga töxtalib ötdi.
«Özim tengi tanişim bor. Turmuş örtoği 10 yildan beri xorijda işlaydi. 5 ta avtomobil olişdi, bitta qasrdek 2 qavatli qilib imorat solişdi. Lekin oilasi bağriga qaytişni istamayapti. Men öylaymanki, baribir masofalar örtaga sovuqlik tuşiradi. Yaqinda eşitsam, Rossiyadan boşqa xotinga uylanib ketibdi. Dugonam bilan rasmiy nikohda, 3 nafar bir-biridan şirin farzandlari bor», — dedi ayol römolining uçi bilan yoş yiltillagan közlarini bekitib.
Sanobar bilan suhbatimiz paxta mavsumi vaqtlariga töğri keldi. U qişloq ayollari bilan qöşilib paxtaga çiqmoqçi ekanini, mavsumda ozroq pul işlab olmoqçiligini aytdi.
Ayol bilan intervyumiz yakunlanar ekan, u turmuş örtoği yaqinda qaytişini aytib qoldi.
«Rejamizga köra, yiğib qöygan pullarimizga uyimizning qolgan qismini ham töliq ta’mirdan çiqaramiz. Keyin kam bölsa ham xöjayinim va mening topganim bolamning öqişiga yetib tursa böldi. Bizga ortiqça haşamat kerak emas, boşqa Rossiyaga ketmasin, xotirjam yaşasak böldi. Bilaman, Moskvada juda oğir şaroitda işlaydi. Sovuq beton uylarda yotib-turib yuribdi», — dedi ayol suhbatimiz söngida.
U bilan xayrlaşib qaytarkanmiz, yölimiz tumandagi ta’lim rus tilida ham olib boriladigan 28-maktab yonidan ötdi. Nega avvalgi yillar 2 tadan bölgan rus sinfi, bu yil 4 ta bölganini tuşungandek böldik.