Javlon Jovliyevning «Qörqma» asarini köplab yoşlar öqib çiqdi, ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qildi. Yozuvçi asarlar yoziş bilan bir qatorda Alişer Navoiy nomidagi adabiyot muzeyida tayanç doktorant bölib, ilmiy faoliyat bilan şuğullanadi. «Optimist» loyihasi doirasida yoş yozuvçi bilan romanning yoziliş tarixi, yangi yozayotgan asari va ijtimoiy muammolar xususida suhbatlaşdik. Quyida suhbatni yozuvçi tilidan öqiysiz.

«Dadamni kitoblardan qizğanardik...»

«Hayot tanlovlardan iborat ekanini erta anglab yetganmiz. Otam uyimizdan 100-200 metr uzoqlikdagi qişloq idorasida işlardi. Soğingan paytimiz borib otam ötiradigan xonaning derazasidan qarab turardik. Uning iş stolida doim kitob körinardi, uyga kelganda ham kitobi bölardi. Otam nimaga farzandlaridan ham köproq kitobni yaxşi köradi, unda nima yozilgan ekan deb qiziqar, dadamni kitobdan qizğanardik. Kitoblar kirill yozuvida bölgani uçun öqiy olmasdim, lekin tezroq ularni öqişni xohlardim. Keyinroq men ham mol boqişga-da özim bilan kitob olib yuradigan böldim.

Öylab körsam, kitob öqiş ham bir mehnat ekan. Xuddi maşina haydaş, dutor çalişni örgangan kabi kitobxon böliş uçun ham yillar, zahmatlar kerak ekan. Har kim ham kitobxon böla olmaskan».

«Qişloqda qolib ketmaslikni xohlardik»

«Qişda loy keçib, uzoq masofaga qöşimça darsga qatnardik. Darvozadan uyoği qoronği dala bölardi. Sahar darsga boriş uçun çiqib ketib, qoronğida qaytib kelardik. Umuman asfalt körmagan köçalardan, daştlardan ötardik. Lekin öşa kunlarni oğir deb eslamayman, sababi kelajakka umid va işonç bor edi. Qişloqda qolib ketmaslikni, undan ketib şaharga borib öqişni xohlardim. Keyinçalik hayotim adabiyot bilan boğlandi. Anglab yetdimki, adabiyotni tanlasam, boşqa narsaga çalğimay asosiy kuçimni, vaqtimni unga bağişlaşim kerak ekan».

Javlon Jovliyev Foto: Kun.uz 

«Qörqma» ğoyasining paydo bölişi

«Talabalar yotoqxonasida yaşab yurgan paytlarim talabalar ahvolining noçorligi, ularning kelajakka işonçi past ekanligi, oliy ta'lim tizimidagi kamçiliklarni körib, bir asar yoziş fikriga keldim. Öşa paytlari 2016 yilda Germaniyada ta'lim olgan özbek talabalari haqida öqib qoldim va öşa keça uxlay olmadim. Özimni taftiş qilib nima uçun öqiyotganim haqida savol bera boşladim.