Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 10:48 / 20.09.2022
3962
1 daqiqa o‘qiladi
Kadastr pasportini shakllantirish qaysi holatda bepul rasmiylashtirilishi aytildi
Hukumatning 535-son qaroriga asosan qator hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi.
“Davlat xizmatlari yangiliklari” kanalida yozilishicha, ular quyidagilar:
- ko‘chmas mulk obekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;
- ko‘chmas mulk obekti bir qismi begonalashtirilganda obekt qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;
- kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan).
Mazkur davlat xizmatidan Davlat xizmatlari markaziga borgan holda yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali elektron tarzda foydalanish mumkin.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
08:40 / 01.07.2026
Gaz ta’minoti va kadastr tizimida korrupsion jinoyatlar aniqlandi
21:24 / 27.06.2026
Namanganda 381 ming dollarga 50 sotix yerni rasmiylashtirib berishni va’da qilganlar ushlandi
19:31 / 04.06.2026
2018 yildan keyin qurilgan noqonuniy uylarning taqdiri nima bo‘ladi?
22:25 / 14.04.2026