Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolani ixtisoslashtirilgan bog‘chaga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish boshlanadi
“Bolalarni ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan va qo‘shma turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish ma’muriy reglamentini tasdiqlash haqida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
Bolalarni ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan va qo‘shma turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha ma’lumotlarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali tizimiga elektron tarzda taqdim etib borishni belgilovchi ma’muriy reglament tasdiqlanadi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Adliya vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda bolalarni ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish YaIDXP orqali joriy etilishini ta’minlaydi. YaIDXPda davlat xizmatlari ko‘rsatilishi har bir bosqichida murojaatlar ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibi joriy etiladi.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilinish uchun ota-onalar, ular o‘rnini bosuvchi shaxslar (ariza beruvchilar) yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz)ga bola nazoratda turuvchi davolash-profilaktika muassasasini ko‘rsatgan holda ariza bilan murojaat qiladi.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) onlayn tushgan ariza asosida Qoraqalpog‘iston Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi huzuridagi tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya xulosasini berish uchun asos bo‘ladigan tibbiy ma’lumotlarni olish uchun davolash-profilaktika muassasasiga so‘rovnoma kiritadi.
Ariza va tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya xulosasini berish uchun asos bo‘ladigan tibbiy ma’lumotlar ilovada ko‘rsatilgan shaklda patsiyent ambulator tibbiy kartasidan ko‘chirma va tegishli mutaxassis xulosasini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali tegishli qismidagi axborot tizimiga elektron tarzda kiritiladi.
Bola ambulator kartasida tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya xulosasini berish uchun asos bo‘ladigan tibbiy ma’lumotlar yetarli bo‘lmagan holda, bola davolash profilaktika muassasasiga chaqirtiriladi va tegishli laborator tekshiruvlar, mutaxassislar ko‘rigidan o‘tkazilgandan so‘ng, ilovada ko‘rsatilgan shaklda patsiyent ambulator kartasidan ko‘chirma va tegishli mutaxassis xulosasini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali tegishli qismidagi axborot tizimiga elektron tarzda kiritiladi.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga taqdim etiladigan tibbiy ma’lumotlar, ilovada ko‘rsatilgan shaklda patsiyent ambulator tibbiy kartasidan ko‘chirma va tegishli mutaxassis xulosasini ishonchliligi uchun davolash-profilaktika muassasasi uni tasdiqlagan bosh vrachi shaxsan javob beradi.
Tibbiy pedagogik-psixologik komissiya xulosasi asosida komissiya kotibi bolani 1 ish kuni davomida tegishli ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti yoki qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotida o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazadi.
Mavzuga oid
11:30 / 25.06.2026
Quva tumani hokimi ham fermerni haqoratlagani aytilmoqda
08:54 / 25.06.2026
Yoshlar uchun davlat xizmatiga kirish tartibi soddalashtiriladi
18:43 / 24.06.2026
Korrupsiyaga qarshi ichki nazoratchilarning xavfsizligi kafolatlandi
18:32 / 23.06.2026