Qonunçilikka muvofiq, 2026 yil 1 iyuldan davlat xizmatiga yoşlarni qabul qiliş jarayonlarida oçiqlik va şaffoflikni oşirişga qaratilgan qator yangiliklar kuçga kiradi.

Jumladan, tanlovning suhbat bosqiçida beriladigan savollar davlat organining rasmiy veb-saytida kamida bir oy oldin e’lon qilinişi şart böladi. Bir oy oldin e’lon qilinmagan savollarni nomzodlarga beriş taqiqlanadi.

Şuningdek, içki tanlovlar ötkazilmaydigan hamda tanlovlarda nomzodlar uçun umumiy yoki maxsus iş staji talab etilmaydigan lavozimlar röyxati tasdiqlanadi.

Bundan taşqari, iş staji talab qilinadigan lavozimlar uçun ham çeklov belgilanib, nomzodlardan köpi bilan ikki yillik umumiy yoki maxsus iş staji talab qilinişi mumkin böladi.

Yangi tartib yoşlar uçun davlat xizmatiga kiriş imkoniyatlarini kengaytiriş, tanlov jarayonlarini yanada şaffof va adolatli taşkil etişga qaratilgan.