Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farmatsevtika uchun ayrim xomashyo va uskuna turlari bojdan ozod qilindi
Vazirlar Mahkamasi “Bojxona bojlaridan ozod qilinadigan texnologik va laboratoriya uskunalari, ular butlovchi va ehtiyot qismlari, xomashyo va materiallar, tibbiy buyumlar va qadoqlash materiallari ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan bojxona bojidan ozod qilinadigan, quyidagilarni o‘z ichiga olgan materiallar va uskunalar ro‘yxati tasdiqlandi:
- farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar, farmatsevtika mahsulotlari ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalar, ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy ta’lim muassasalari tomonidan olib kelinadigan laboratoriya hayvonlarini boqish, klinik-oldi tadqiqotlar va dori vositalari ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan xomashyo va materiallar, tibbiy buyumlar va qadoqlash materiallari ro‘yxati;
- texnologik va laboratoriya uskunalari, ular butlovchi va ehtiyot qismlari ro‘yxati;
- farmatsevtika ishlab chiqarish binolari uchun “toza xonalar”, sendvich-panellar va ventilyatsiya tizimlari ro‘yxati.
Bojxona kodeksiga muvofiq tovarlar shartli chiqarib yuborilgan paytdan e’tiboran 3 yil ichida boshqa maqsadlarda foydalanilgan taqdirda, berilgan bojxona imtiyozlari bekor qilinadi.
Mavzuga oid
12:00 / 24.03.2026
YeI va Avstraliya bojlarning 99 foizdan ortig‘ini bekor qiladi
18:01 / 05.03.2026
Prezident O‘zbekistondagi farmatsevtika korxonalari uchun yangi imkoniyatlarni e’lon qildi
11:02 / 03.03.2026
Tibbiyotda oshirilgan kontrakt bekor qilinishi mumkin
01:15 / 22.02.2026