Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston 2026 yilga borib eksportni 30 mlrd dollarga yetkazmoqchi
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari transport va logistika sohasida xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlar bilan uchrashdi.
Foto: Shutterstock
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev rahbarligida transport va logistika sohasida xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda asosiy e’tibor xalqaro transport hajmini yanada oshirish va transport yo‘laklarini diversifikatsiya qilish masalalariga qaratildi. Yig‘ilishda vazirlik va idoralar, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari rahbarlari hamda 50 dan ortiq yirik ishlab chiqaruvchilar, eksportchilar va ekspeditorlik kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdi.
Iqtisodiyotga to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish natijasida yuzaga kelgan mamlakat ishlab chiqarish va eksport salohiyati o‘sayotgani ta’kidlandi. 2026 yilda yalpi ichki mahsulot hajmi 100 milliard dollarni, eksport hajmi esa 30 milliard dollarni tashkil etishi rejalashtirilmoqda.
Eksport-import operatsiyalarida ro‘y berayotgan muammolar va mavjud to‘siqlar tahlil qilindi. Bildirilgan masalalar va takliflarni tahlil qilish natijasida mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan eksportga yetkazib berish barqarorligini ta’minlash bo‘yicha manzilli chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun tegishli vazirlik va idoralar rahbarlaridan iborat ishchi guruhini tuzish topshirildi.
Mavzuga oid
12:29 / 23.01.2026
2025 yilda O‘zbekiston mahsulotlari 75 ta davlatga eksport qilingan
15:50 / 21.01.2026
Elchixonalarda tadbirkorlar uchun koll-markaz tashkil qilish taklif etildi
15:20 / 21.01.2026
“Sayyohlar O‘zbekistonga 700-900 dollarga uchib kelyapti” - tadbirkor
14:40 / 21.01.2026