Toyota Sankt-Peterburgdagi zavodini yopyapti
Shushari posyolkasidagi avtomobillar yig‘ish zavodi 2007 yilda ishga tushirilgan. 2022 yil mart oyida Toyota butlovchi qismlar yetkazib berishdagi uzilishlar tufayli korxona faoliyatini to‘xtatdi.

Foto: carsweek.ru
Yaponiyaning Toyota konserni Sankt-Peterburg yaqinidagi Shushari posyolkasida joylashgan avtomobillar yig‘ish zavodini yopmoqda. Bu haqda 23 sentabr, juma kuni Rossiya Sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Vazirlik qaror sabablarini keltirmadi. «Kommersant» gazetasining yozishicha, konsern Rossiyaga butlovchi qismlar yetkazib berishni tashkil eta olmagan.
Sanoat va savdo vazirligi xabarida ta’kidlanishicha, kompaniya xodimlar oldidagi majburiyatlarning bajarilishini, Toyota va Lexus avtomobillariga sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatishni, shuningdek, dilerlik tarmog‘i qo‘llab-quvvatlanishini kafolatlagan. Zavod yopilganiga qaramay, avtokonsern Rossiyaning Ukrainaga bo‘lgan tajovuzi munosabati bilan ko‘plab xorijiy kompaniyalar qilganidek, Rossiyani tark etishni rejalashtirmayapti, deb yozadi «Kommersant».
Shusharidagi «Toyota Motor» zavodi 2007 yilda ochilgan. 2022 yil mart oyida Toyota butlovchi qismlar yetkazib berishdagi uzilishlar tufayli korxona faoliyatini to‘xtatdi.
Mavzuga oid

15:08 / 24.03.2025
Rossiyaning madaniy poytaxti – Sankt-Peterburg bo‘ylab fotosayohat

09:12 / 23.03.2025
Dunyoda qaysi avtomobillar eng ko‘p sotilyapti?

11:10 / 18.03.2025
Guliston IIB TB talabi bilan Sankt-Peterburgda hibsga olingan o‘zbekistonlik ayolni Rossiya prokuraturasi qo‘yib yubordi

13:14 / 05.03.2025