09:14 / 26.09.2022
7574

Latviya o‘zbekistonlik yuk tashuvchilarga viza tartibini soddalashtirishi mumkin

Joriy yil O‘zbekiston-Latviya xalqaro avtomobil tashuvlari masalalari bo‘yicha qo‘shma komissiya yig‘ilishi o‘tkaziladi.

Foto: Dunyo

O‘zbekiston Transport vazirligida Litva Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Transport vaziri o‘rinbosari Abdusamat Mo‘minov hamda Litva tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mantas Adomenas boshchiligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda transport sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

Uchrashuvda joriy yil yakuniga qadar xalqaro avtomobil tashuvlari masalalari bo‘yicha qo‘shma komissiya yig‘ilishini o‘tkazishga, 2023 yil birinchi yarmida Litva transport va kommunikatsiya vazirining Toshkentga tashrifini tashkil etishga kelishib olindi.

Tomonlar milliy tashuvchilarga viza tartibini soddalashtirish bilan bog‘liq masalalar xususida fikr almashdi. Bo‘lib o‘tgan muloqot natijasida muhokama qilingan hamkorlik yo‘nalishlari doirasida kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar belgilab olindi.

Top