Özbekiston va rivojlangan davlatlar maktablaridagi farqlar - Şveytsariyadagi vatandoş mulohazalari
|19:47 / 26.09.202217 38910 min
“Şaxsiy fikr va tajribamdan kelib çiqib aytaman, bizda maktabdanoq boşlanadigan yagona talab – sözsiz itoat. Xorijda totalitar itoat talab qilinmaydi”, deydi Şveytsariyada yaşab, ilmiy iş qilayotgan hamyurtimiz Zarif Ibragimov.
Foto: KUN.UZFoto: KUN.UZ
Zarif Ibragimov 28 yoşda; Jizzax viloyatining Ğallaorol tumanida tuğilgan. U matematika yönalişi böyiça bakalavr bosqiçini Özbekistonda, magistraturani esa Germaniyaning Kil universitetida öqigan. Ayni vaqt Şveytsariyaning Bern universitetida PhD yoqlamoqda.
Zarif doktoronturada tahsil oliş bilan birga, universitetda öqituvçi yordamçisi (“teaching assistant) bölib ham işlaydi. Qahramonimiz sifatli maktab ta’limida nimalar muhim ekani, xorij tajribasi haqidagi fikrlari bilan bölişdi.
Uning ta’kidlaşiça, ta’limdagi sifat darajasi 2 ta eng asosiy omilga boğliq. Birinçisi ota-ona va oiladagi muhit bölsa, ikkinçisi maktab va undagi ta’lim beriş sifati hisoblanadi. Quyida Ibragimovning fikrlarini keltirib ötamiz.
Ota-onalar bolani ilk yoşidanoq ta’limga munosabatini şakllantirişi kerak
Çunki ota-ona bolaning tarbiyasi va ta’limga bölgan munosabati bilan şuğullanişi mumkin, lekin berilayotgan ta’lim sifati yoki bolaning bilim darajasiga mas’ul bölolmaydi.
Bu narsa haqida Yevropa va boşqa rivojlangan davlatlar, misol uçun, Yaponiya taraflarda juda köp boş qotirişadi. Bolani tarbiyalaş, öqitiş borasida alohida izlanişlar, ilmiy işlar olib boriladi. Şularning köpçiligidan xulosa qilib aytiş mumkinki, turli maşğulotlar orqali boladagi ta’limga bölgan munosabatni ijobiy şakllantirib oliş kerak.
Ya’ni bu yerda judayam yoş bolalarga ma’lum bir fanni örgatiş kerak emas, lekin bolaning qobiliyatini oşiradigan, uning miyasini tez fikrlaşga örgatadigan va şuning natijasida ularni ta’lim olişga ham qiziqtiradigan maşğulotlar bor, şular bilan band qilib qöyiş kerak. Çunki bola miyasining işlaş qobiliyati degan narsa bor, bu qança erta oçilsa, ma’lum yoşga yetganda, fanlarni özlaştiriş boşlanganda özining natijasini körsatadi.
Jamiyatimizdan kelib çiqib aytadigan bölsak, 2-3 yoşli bolalarning qobiliyatlarini bizda juda ham past baholaşadi. Bu yoşdagi bolalar uyda özi bilan özi ovora bölib tursa yoki boğçaga borib tursa böldi. Buning ustiga özbek ota-onalarimizga bolaning öqişi köp holatlarda öqişga kirişiga 2 yoki 3 yil vaqt qolganda qiziq bölib qoladi. Umumiy örtaça aytganda, eng kamida 7-8-sinflarda ta’limga e’tibor qaratişadi. Ungaça esa “indama” degan gap bor.
Agarda bizda ham ota-onalarimiz farzandlarining ilk yoşidanoq qobiliyatini rivojlantiriş uçun turli işlar bilan band qilib qöyişsa, fikrimça, juda yaxşi va ideal iş bölar edi.
Mavzuga oid
Maktabning vazifasi nimadan iborat?
Ikkinçi masala – maktabdagi muhit va undagi ta’lim sifati. Aytaylik, bir öquvçi 9-sinfga yetib keldi, endi öqişga kirişi kerak, öziga kerakli fanlardan qattiq tayyorgarlik körişi kerak. Bu yerda maktablarning ota-ona oldida farzandlarini öqişga kiritib qöyişi kerak degan vazifa bormi yoki yöq? Şunday savol bor-da.
Aslida maktabning birinçi vazifasi – jamiyatga, xalqqa şaxs tayyorlab beriş. Lekin bizning jamiyatdan va hozirgi vaziyatdan kelib çiqib gapirsak, maktablarimizning öquvçilarga ma’lum bir bilimni beriş majburiyati ham bor. Busiz iloji yöq.
Bizda maktabdanoq boşlanadigan yagona talab – sözsiz itoat
Özbekistonda umumiy örta ta’lim deyiladi, lekin bu ham ikkitaga, ya’ni boşlanğiç va undan keyingi sinflarga bölinadi. Köplab davlatlarda ham şunday böliniş bor, ularning ayrimid sistemalar biznikiga öxşaydi, ayrimida esa öxşamaydi. Davlatdan davlatga ötganda, bu narsalar farq qilib boraveradi. Umuman olganda, umumiy örta ta’lim va bu ta’limning qaysidir qismi majburiy ekani hamma joyda bor, xuddi bizdagidek.
Farqlariga kelsak, maktab içida yölga qöyilgan öqitiş tizimi boşqaça. Erkinlik masalasi… Şaxsiy fikr va tajribamdan kelib çiqib aytaman, bizda maktabdanoq boşlanadigan yagona talab – sözsiz itoat. “Mana şunday ötirişing kerak! Biz aytgan formani kiyib kelasan! Biz aytgandek tutasan özingni!” Xöş, endi ta’limdagi sifat-çi?
Şveytsariyada, masalan, totalitar itoat talab qilinmaydi. Öquvçilar öqişidan tortib, özini tutişigaça erkin. Albatta, darsga qatnaşiş, davomat masalalari ham bu yerda nazorat qilinadi, lekin Özbekistondagidek çuqur emas. Agar haqiqatda arzirlik sababingiz bölsa, darsni qoldirişga haqqingiz bor. Bizda esa bu kabi narsalarga salbiy qaraşadi.
Keyingi farqlar kattaroq sinflardan boşlanadi. Köp holatlarda xorijda 9-sinfni bitirgan bolalar erkin. Ya’ni 14-15 yoşga yetganida öquvçi xohlamasa, maktabni davom ettirmasligi mumkin. Çunki ular ta’til vaqtida ma’lum kompaniyalarda amaliyot ötaş va tajriba oliş imkoniyatiga ega. Agar istaşsa, öşa kompaniyalarga işga ötib ketişi mumkin. Maktablar ham şunga moslaştirilgan. Aniqroq aytsam, ularda 9-sinfdan keyingi maktablar ikkiga bölinadi. Birinçisi doimiy ravişda qatnaydigan maktab bölsa, keyingisi esa ma’lum vaqtlarda borib öqiladigan “vocational” maktablar hisoblanadi.
9-sinf bitiruvçilari özi uçun birinçi darajali fanlar paketini tanlaşi kerak
Öqituvçining işi doskaga borib, özi reja qilgan narsani tuşuntirib berib, ötiriş emas, u qiziqmaydigan öquvçini qanday qiziqtiriş kerakligi ustida boş qotirişi kerak. Şuningdek, öquvçilarga fan va hayot örtasidagi boğliqlikni ham körsatib berolişi muhim. Bolalarga bir fanni körsatib, “sen buni öqişing kerak, majbursan yoki öqişga kiriş uçun zarur” deb emas, fanni öqişi yoki öqimasligi oqibatida nimalarni yutişi yoki yutqazişini, unga qançalik muhim ekanini isbotlab beriş kerak. Bu xoh maktab, xoh OTMda bölsin.
Isbotlay olmasa, şunday tizim qöyilişi kerakki, bolalar bu fanni öqişmasin. Yuqorida bekorga, “vocational” maktablar haqida gapirib ötmadim, çunki köp holatlarda 9-sinfni bitirgan bolani ota-onalar repetitorga beradi, maktab esa ularning nazdida xalal beruvçi va vaqtini oluvçi joydek. Şuning uçun 9-sinfni bitirgan bola özi uçun birinçi darajali fanlar paketini tanlay olişi kerak. Qolgan fanlar ikkinçi darajali bölişi zarur.
Misol uçun, özini matematikada körmayotgan öquvçi matematikani örganayotgan boşqa öquvçilar bilan bir xil tarzda darsga qatnab, uni örganişi şartmas. Çunki yaxşi xorijiy til öqituvçisi, mutaxassisi bölişi mumkin bölgan kadrga keraksiz fanlar bilan xalaqit berayotgan bölişimiz mumkin.
Sifatli ta’limda boşqaruv kadrlarning siyosati ham muhim
Maktabda sifatli ta’lim beradigan muhitni yaratiş birgina öqituvçining qölidagi narsa emas. Bunda endi maktabdagi kadrlar siyosati, direktordan tortib, öqituvçilarni tayyorlaşga e’tibor qaratiş kerak böladi. Bu – kattaroq masala.
Maktab direktorlarining vazifasi yoki iç-içidan his qilib bajaradigan maqsadi nima? Mahalliy hokimiyatlardan keladigan topşiriqlarni özi uçun birinçi darajali deb hisoblaydimi yoki oldiga kelib turgan qora közlarning olayotgan ta’lim sifatinimi?
Fikrimça, maktab direktorlarini taşkiliy muammolari köproq qiynaydi. Vaholanki, sifatli ta’limda boşqaruv kadrlarning siyosati ham muhim. Direktorlarni tanlab oliş, ularning malakasi borasida ham qayğuriş kerak. Çunki maktabga öqituvçilarni aynan rahbariyat, maktab direktorlari tanlab oladi.
Matfakni bitirgan matematikadan dars beroladi deganimas
Özim matematik bölganim uçun bir misol keltiraman (bu taxminiy raqamlar, aniq statistik töğri emas, şunçaki misol tariqasida aytaman): bitta universitetning matematika fakulteti, matematika yönalişi bakalavriatini 200 nafar talaba bitirib çiqdi, deylik, ularning hammasini magistraturada öqişga yoki ilmiy iş qilişga salohiyati bölmaydi. OTMning esa bu talabalarning hammasini ham işga olib qoliş imkoniyati yöq. Bu nima degani? Ularning katta qismi maktablarga öqituvçilikka ketadi deganidir. Ular uçun bu oxirgi çora bölib qolmoqda.
Ertaga matematik professor bölişi kerak bölgan kadrni ham, matematikada bakalavrni bitirib öziga boşqa sohani tanlamoqçi bölganni ham, öqituvçini ham biz bir joyda bir xil sxemada tayyorlayapmiz. Bu qançalik töğri?
Fikrimça, buning bir statistikasini qiliş kerak, ya’ni öqituvçilarning qançasi qayerlarni bitirib çiqqan? Şaxsiy tajribamga tayansam, maktabda aniq fanlardan ötadigan öqituvçilarning katta qismi yuqorida men aytgan ta’lim muassasalaridan çiqqan böladi. Pedagogika fakultetidan çiqqan bölmaydi, çunki u yerdan asosan boşlanğiç ta’lim uçun kadr çiqadi.
Pedagog kadrlar OTMda pedagog qanday bölişi kerakligi, dars qanday ötilişi kerakligi ustida 2 yil şuğullanişi kerak. Qolgan vaqtlarda esa rivojlangan xorij davlatlarida sifatli ta’lim tizimi qanday yölga qöyilgani, şular bilan tanişib borişi lozim. Biz bunday qilmay turib, yaqinda işga kelgan öqituvçidan pedtexnologiya, zamonaviy ta’limni talab qilyapmiz. Bunday bölmaydi.
Umuman olganda, menimça, bu borada puxta tizim işlab çiqilişi va ma’lum muddat to özining mevasini bermagunigaça öqituvçilarga tegmaslik kerak.